Prezident taklifiga ko‘ra, Toshkentdan Xivaga qatnovchi tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomi beriladi. U 2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Samarqand viloyatida joylashgan «Ingichka» konining texnogen chiqindilaridan ilk marta volfram mahsuloti olinganligi ma’lum qilindi. Ushbu loyihaning yo‘lga qo‘yilishi 150 ta yangi ish o‘rnini yaratib, qayta ishlash evaziga yiliga 100 tonna volfram olishga imkon berdi.
Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda gumonlangan 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Ularning qamoq jazosi jamoatchilik nazorati va uy qamog‘iga o‘zgartirildi.
UzAutoMotors`ning birinchi milliy krossoveri Chevrolet Tracker avtomobilining sotuvi boshlandi. Boshlang‘ich komplektatsiya narxi 179 000 000 so‘mni tashkil etadi. Xaridorlar 30 avgustdan boshlab shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev mustaqillik bayrami arafasida 100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaroni «Shuhrat» medali bilan taqdirladi.
Avgust boshida Toshkentda Spark avtomobili salonidan qariyb 16 ming qalbaki dollar topilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti va xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari sababli shahar maktablarida darslar 19-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar qoldirilgan dars soatlarini o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldirib boradi.
Qonunchilik palatasida «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hujjat loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni hujjatsiz saqlashni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqdilar.
Shavkat Mirziyoyev 12 nafar chet el fuqarosini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Ular orasida Turkiya vitse-prezidenti, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari vazirlari, AQSh va Ozarbayjon elchilari va boshqalar bor.
Toshkent IIBB Chilonzorda yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida avariya holatini vujudga keltirgan holda harakatlangan Lacetti haydovchisini topdi. Unga nisbatan MJtKning uchta moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi, mashina esa jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Toshkent-London» reysi yo‘lovchilarining yuklari samolyotga ortilmay qolib ketgan. Kompaniya buni Airbus 320neo samolyotining cheklangan tijorat yuklanishi bilan izohladi. Bagajlar 30 avgust kuni yetkazib beriladi.
Prezident farmoni bilan Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib bergan prezident, talabalar onlayn oladigan to‘lov-shartnoma, bolalar uchun kelgan Pfizer vaksinasi, daraxtlari shikastlangan yangi Milliy bog‘, yangi Qishloq xo‘jaligi vaziri va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
“Zangiota-2” ixtisoslashtirilgan shifoxonasi negizida birinchi Taskin bolalar hospisi ochildi. Muassasada bedavo kasallikka chalingan bemorlarga bepul palliativ yordam ko‘rsatiladi. “Gazeta.uz” hospisning qanday ishlashi va uning ochilish tarixini hikoya qiladi.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer telefon orqali muloqotda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni mamlakat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Yevropa Ittifoqi doirasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Sarayevoda bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Dzyudochilar jamoaviy bahslarda ham qatnashib, o‘z tarixida ilk marta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Prezident farmonlari bilan bir guruh diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi. Jumladan, ikki nafar diplomatga favqulodda va muxtor elchi, uch nafariga esa 2-darajali favqulodda va muxtor vakil martabasi berildi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi besh yillik rekonstruksiyadan so‘ng, qayta ochilgan Milliy bog‘dagi daraxtlarga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Keyinroq esa xabar o‘chirib tashlandi.
O‘zbekistonga COVAX mexanizmi doirasida ilk bor kovidga qarshi 201 600 doza Pfizer bolalar vaksinasi keltirildi. 5−11 yosh bolalarga mo‘ljallangan vaksinalar Yevropa Ittifoqi va Shvetsiya hukumatining xayriyasi hisoblanadi.
Oliy ta’lim vazirligi pedagoglarni tayyorlovchi xorijiy OTMlarda o‘qiyotgan ayrim talabalarning to‘lov-kontrakt pulini davlat tomonidan to‘lab berishni taklif qildi. Buning uchun ikki bosqichli tanlov o‘tkaziladi. Undan muvaffaqiyatli o‘tgan talaba o‘qishni tamomlagach, kamida 3 yil ishlab berishi kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting