Hukumat qarori bilan Adju universitetiga dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida 2,1 mln AQSH dollariga teng miqdorda mablag‘ ajratildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori asosida xorijiy fuqarolarning respublika OTMlariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Elektr energiyasi narxlarini oshirish, ularni bozor darajasiga olib chiqish — energetikaga investitsiyalarni jalb qilishning yagona yo‘li, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
To‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya hisobini yaxshilash doirasida aholi orasida anonim tarzda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ma’lum qilindi.
Bir guruh ayollarning prezident trassasida janjal uyushtirgani va ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganidan norozi bo‘lishgani bilan bog‘liq maqola yuzasidan Oliy sud axborot berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni olib kelish uchun Suriya va Iroqqa uchgan samolyot o‘qqa tutilishi mumkin bo‘lganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma fuqarolarni olib kelish imkoni bo‘lmagan.
Shavkat Mirziyoyev Hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.
Yangi qonunga muvofiq qurollar maqsadi hamda asosiy parametrlari va tavsiflariga ko‘ra fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadigan bo‘ldi.
Tailandda o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Senatning yalpi majlisida «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi.
3 million 116 ming 893 AQSH dollari miqdoridagi tenderda yutib chiqish evaziga 296 ming AQSH dollari olgan shaxs qo‘lga olindi.
Senatorlar turizm to‘g‘risidagi qonunni yangi tahrirda tasdiqladilar. Normativ hujjatdagi moddalar soni ikki barobar oshdi.
Ilhom Matkarimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning «Lukoyl» oldida 600 mln dollar qarzi mavjudligini tan oldi va nima uchun mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimni imzolashda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini so‘radi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovni poraxo‘rlikda aybladi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Yangi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga prokuratura organlaridagi korrupsiyalashgan tizimni buzib tashlash vazifasi topshirildi.
Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga saylandi.
«Barnaul avtoformatsiyalangan issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish» zavodining Mirzacho‘lda filiali ochiladi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha 2017 yilgi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan qozog‘istonlik qizlarda doping aniqlangani sababli oltin medallar o‘zbekistonlik gimnastikachilarga topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting