Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy Qohirada sud majlisi vaqtida vafot etdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab OTMlar qabulni davlat buyurtmasi asosida amalga oshiradi. Bakalavriatning kunduzgi bo‘limlariga jami 80430 kishi qabul qilinadi.
Qarshida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 1000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Yil boshidan buyon bolalarni sotish bo‘yicha sakkiz holat haqida xabar qilindi.
Rossiyaning Saxalin viloyatida migrantlarni jalb qilish taqiqlangan ishlar ro‘yxati kengaytirildi. Landshaftlarni obodonlashtirish, ishga joylashtirish va reklama faoliyati shular jumlasidan.
O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi.
O‘tgan hafta Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol uchirib yuborgan tomlarning yarmidan ko‘pi profnastildan tayyorlangan. Vaziyat respublika prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘tkir ensefalit sindromi tarqalayotgani sababli Hindistonning Bihar shtatiga bormaslikni tavsiya qildi.
AQSHning Geografik nomlar bo‘yicha kengashi Ukraina poytaxti nomini to‘g‘ri yozishning yangi me’yorini qabul qildi. Endilikda ingliz tilida Kiev emas, balki Kyiv deb yozish kerak.
Bangladesh prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi sammitdan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
O‘zbekistonda kuzda biologik xavfsizlik bo‘yicha «Jayron» mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. FVV va SVV qariyb 1 mln yevrolik ikkita mobil bioxavfsizlik laboratoriyasiga ega bo‘ladi.
“InfinBANK” hech qanday kafil, daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarsiz 8 million so‘mgacha miqdordagi kreditni 24 soatda onlayn olish imkonini taqdim etdi.
Toshkentdagi Qo‘yliq ulgurji bozori yaqinida joylashgan katta yuk mashinalari turargohi hududida yog‘och quti va tagliklar yondi.
Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi OHICHK samitida jahon ishonch inqiroziga yuz tutayotganini ta’kidlab, Osiyo qit’asini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qator tashabbuslarni ilgari surdi.
O‘zbekistonda madaniyat va san’at yetarlicha moliyalashtirilmaslikdan aziyat chekmoqda. Nikita Makarenko mamlakatda qanday qilib metsenatlar sinfini shakllantirish haqidagi mulohazalarini o‘rtoqlashib, ishbilarmonlar va madaniyat sohasi vakillari fikrini o‘rgandi.
Andijondagi to‘rt qavatli uy tomida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 480 kv. m maydondagi tom konstruksiyasini yo‘q qildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga prezident tashrifi arafasida besh nafar ayolga kottej sovg‘a qilib, so‘ngra ularni chiqarib yuborgan mutasaddilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.
Hakam Ravshan Ermatov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti o‘rinbosari etib saylandi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimi vakant qolmoqda.
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va gilosni xalqaro fitosanitar talablariga rioya qilgan holda Misrga eksport qilish bo‘yicha kelishuvning tartib-qoidalari tasdiqlandi.
Bosh prokuratura davlatga xoinlik qilishda ayblanayotgan sobiq diplomat Qodir Yusupovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
O‘zbekiston prezidenti Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Bishkekdan Dushanbega jo‘nab ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting