260 million so‘mdan ziyodroq miqdordagi pulni firib yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qochib ketgan shifokor Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan ushlab kelindi va jazoga tortildi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Octagon12 turniri doirasida braziliyalik Uda Pereyraga qarshi jang qiladi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Jomboy tumanida o‘tkazgan sayyor qabuli davomida 223 nafar fuqaro murojaat qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Turkiya, KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan tarkibni ma’lum qildi.
Yakkabog‘ tumanida Olako‘ylak qishlog‘ida yashagan 21 yoshli D.T.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan yashiringan haydovchi qidirilmoqda.
Paxtachi tumani hokimi Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Muzaffar Hamdamov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.
Oliy sudi Plenumi majlisida ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan uchta qaror loyihasi muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Cambridge Assessment tashkiloti ekspertlari Gvendid Kaudvell va Mark Shennon Prezident maktablariga qabul jarayonini tashkil etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkentga kelgan rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari Otabek Umarov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Hukumat qarori bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbek-afg‘on forumida 82,2 mln dollarlik eksport shartnomalari va bitimlar imzolandi.
Toshkentda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘mlik soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqarildi.
«Chirchiq» poligonida o‘tkazilgan «TECHNO DISCOVERY-2019» festivalida ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalari namoyish etildi.
Daromadlarni deklaratsiya qilishni ko‘zda tutuvchi davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun 2017-yilning sentyabrida qabul qilinishi kerak edi. IHTT ekspertlari deklaratsiyalash tizimi qanda joriy etilishi kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni tayyorladi.
Sherobodda Koreyaning NCG Engineerring Co.ltd. kompaniyasi hamkorligida bunyod etilayotgan yangi sement zavodiga dastlabki tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi.
Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun ekonom klass chiptalari tariflarini qayta ko‘rib chiqdi. Eng past tarif o‘zgarishsiz qoldi, eng yuqorisi esa sezilarli darajada qimmatlashdi.
Shofirkonda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga oylik ish xaqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Samarqand shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev TDTU talabasining loyihasini amalga oshirish uchun «Asaka bank» boshqaruv raisiga 1 mlrd so‘m mablag‘ni ajratish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting