O‘zbekistonda Ramazon hayiti 5-iyun kuni nishonlanadi. 6-iyun — dam olish, 1-iyun — ish kuni etib belgilandi.
TIV turli sabablarga ko‘ra begona yurtlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanini ma’lum qildi.
Majburiy ijro byurosi Caravan Group restoranlar tarmog‘ining auksionga qo‘yilishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
YUNISEF Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidagi o‘zbekistonlik bolalarning Vatanga qaytarilganini olqishlab, Suriya va Iroqdagi boshqa bolalarni repatriatsiya qilishda hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Toshkentdagi me’moriy yodgorliklarni konservatsiya qilish va saqlash bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshqa manzilga ko‘chib o‘tdi.
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi Samarqand-Buxoro" yo‘lida «Isuzu» rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.
Hukumat qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi.
2022 yilda Samarqandda SHHT sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan keyingi uch yilda shahar hududida 6 ta yo‘l o‘tkazgich — ko‘prik quriladi.
Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Chilonzor tumanida 2015 yilda vafot etgan ayolning uyini 22 500 AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotib yuborgan shaxslar ushlandi.
Xalq ta’limi vazirligi hamda Kundalik kompaniyasi Toshkent maktablarida elektron jurnal va kundaliklarni sinovdan o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Yopiq turdagi to‘rtta maxsus internet o‘rniga bolalar va qizlar uchun ikkita respublika o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etiladi. Ushbu internatlar faoliyati bir necha marta tanqid ostida qolgan edi.
Romitan tuman sudida davlat chegaralarining qo‘riqlanishi jihatdan zaif bo‘lgan qismi orqali O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirgan shaxsning ishi ko‘rib chiqildi.
Leningrad viloyatida qurilish havozalari qulashi oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi.
Prezident topshirig‘iga asosan 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi, asosan ayollar va bolalar, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi.
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi ro‘yxatga olindi. Endi o‘zbek filmlari jahon kinomukofotiga taqdim etilishi mumkin.
Noqonuniy ov va baliq tutganlik uchun jarimalar bir necha martaga oshirildi. MJTKga ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish bo‘yicha modda kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting