Germaniya kansleri Angela Merkel 2021 yilda yangi muddatga qayta saylanmaslikka qaror qildi.
«Shaxsan men uchun bu juda noqulay va uyatli holat. Chunki mening o‘rinbosarim prezidentimiz olib borayotgan siyosatga qarshi ish qildi», — dedi bosh vazir Oqqo‘rg‘ondagi hodisa yuzasidan.
Turkiyaning «Vahadir kul mimarlik inshaat taah.tic.ve san» LTD kompaniyasi O‘zbekistonda yangi texnologiyalar va yengil konstruksiyalar asosida loyihalashtirilgan ob’ektlar qurishni taklif etdi.
Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida Nexia avtomobili poyezd bilan to‘qnashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda «Xaf — Hirot» yangi temir yo‘l tarmog‘i infrastrukturasi va Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.
«Oila» markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Iqtisodiy sudlar to‘qqiz oy davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 772,7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni undirib berdi.
Jair Bolsonaro Braziliyaning yangi prezidenti bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti uni saylangani munosabati bilan tabrikladi.
Prezident Zoyir Mirzayevni faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi. Bosh prokuraturaga qishloq xo‘jaligidagi qonun buzilishlarini o‘rganish topshirildi.
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Iskandar Xalilov O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqlarida finalga yo‘l oldi.
Rossiya yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Tatyana Seliverstova Toshkentda ilk O‘zbekiston — Rossiya yoshlar biznes-inkubatori ochilishi haqida gapirdi.
2019 yil fevralida O‘zbekiston va BMT Toshkentda «Markaziy Osiyo — mintaqaviy hamkorlikning yangi imkoniyatlari va istiqbollari» mavzusida konferensiya o‘tkazadi.
«O‘zbektelekom» kompaniyasida davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan Nazirjon Hasanov kompaniya rahbari v. b. bo‘ldi.
Indoneziyada Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib halokatga uchradi. O‘zbekiston prezidenti hamdardlik yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni 29 oktyabr — Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrikladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritildi.
O‘zbekiston Badminton federatsiyasi yangi sport inshootining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Mikrokreditbank» faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting