IIV tuzilmasida Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etildi. Poytaxt, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida xavfsiz turizm konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
«O‘zbekenergo» AJ O‘zbekistonda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etmoqda.
«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Davlat test markazi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘ldi.
«O‘zekspomarkaz» MKMda «Qishloq xo‘jaligi — AgroWorld Uzbekistan 2019» 14 — Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Sechenov universitetining filiali 2019/2020 o‘quv yilidan ochiladi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida 221,7 million AQSH dollariga teng 60 ta loyiha amalga oshirilayotganini bildirdi.
O‘zbekistonning «Lukoyl» kompaniyasi oldidagi qarzi 600 mln dollarga yaqinroqni tashkil etdi. Respublika eksportga ketishi kerak bo‘lgan gazning bir qismini echki bozorga ajratib qoldi, deb yozmoqda Reuters.
Uchquduq tuman sudi YPX inspektorini urgan shaxs bir yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova Toshkentga uchayotgan samolyot bortida o‘zbekistonlik ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi.
«Chorsu savdo markazi — Ko‘kcha oqlon mahallasi» yo‘nalishida qatnovchi «Isuzu» rusumli 27-avtobus bilan transport hodisasi ro‘y berdi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida ikki kishi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga tushdi.
Prezident imzolagan qaror bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Surxondaryoda fuqarolarni organlarga ishga kiritib qo‘yaman deb katta miqdorda pulni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.
Hibsxonalarda bo‘lgan hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov AQSHda venesuelalik Frenk Roxasga qarshi jang o‘tkazadi.
Prezidentning qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Dongvuk Li o‘z vazifasiga kirishdi.
«Jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli» Gulnora Karimovaga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.
O‘zbekistonlik yo‘lovchilar Rossiyaga qo‘l yuki va bagajda ho‘l va quruq mevalarni olib bora oladigan bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting