Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash uchun 100 ta feromonli qopqon va ikkita meteostansiya o‘rnatildi.
Yakkasaroy tumanidagi xususiy korxona rahbari I.F. aholidan 1 litrlik obdasta hamda 5,8,22 va 40 litrlik qozonlarni sotib olib to‘plab qo‘yganligi aniqlandi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Past Darg‘om tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida 250 dan ortiq murojaat qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida javob berildi.
Shahar va qishloq telefon tarmog‘i abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to‘lovi miqdori oshirildi.
Bekobod tumanida fuqaro A.J.ga tegishli xonadonda 13760 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
«Blockfusion» kompaniyasining rahbarlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda yuqori texnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2002 yildan buyon foydalanilmayotgan uzun va qisqa radioto‘lqinlarni qabul qilishga mo‘ljallangan ikkita 235 metrlik antenna demontaj qilindi.
«O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida tog‘ tayyorgarligi tizimini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Rossiya jismoniy tarbiya universitetining Samarqand filiali voleybol, basketbol, gandbol, futbol, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi.
«Termiz-Vnukovo» yo‘nalishida Eron va Afg‘onistonda zarb qilingan tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Bank kassasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan naqd pul mablag‘larini bevosita qabul qilganlik uchun bankka jarimalar qo‘llanilishi bekor qilindi.
«Binokor» xokkey klubi menejeri Iskandar Shodiyev O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
18 fevralidan 20 fevral sanasiga qadar ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatilishini ma’lum qilindi.
Sog‘liqni saqlash tizimida fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston hududiga mashina olib kirib, qayta olib chiqib ketish majburiyatidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs 400 dollar pora taklif qilganida qo‘lga olindi.
Turkiyada o‘tkazilgan «President's Cup European region» turnirida Nikita Rafalovich kumush, Valentin Xegay bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Abdulaziz Kamilov Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri darajasida mazkur forumda ilk bor qatnashmoqda.
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni kamaytirish, takroriy qoidabuzarlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish taklifi ilgari surildi. Jarimalarni mamlakatdan chiqishda to‘lash mumkin bo‘ladi.
101,7 ming kilogramm texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinalarga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting