Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Mehmonxonalarga axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etishda gumon qilgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmaslik huquqi berilishi mumkin.
Britaniyaning Acumen Education kompaniyasi MBU Capital investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqida shartnomalarni tuziladi hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlar qoplanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilingan tabib Hasan Ismoilovga 1 013 650 so‘m jarima jazosi tayinlagan.
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar OTMga kirishda qo‘shimcha ball beradigan tavsiyanomani qo‘lga kiritish uchun test sinovlarini topshirishmoqda.
«Devis Kubogi"ning pley-off bahslarida Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov kabi tennischilar qatnashadi.
DXA turli davlat organlari tomonidan fuqarolardan bekor qilingan yoki elektron olinishi belgilangan hujjatlar talab etilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Surxondaryo viloyati «Ayritom» chegara bojxona posti orqali 0,21 gramm «gashish» giyohvandlik moddasini sigareta ichiga joylab olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi.
Xitoy hukumati olim Xe Szyankuy tadqiqoti natijasida genetik modifikatsiyalangan bolalar dunyoga kelganini rasman tasdiqladi.
Zimbabveda yoqilg‘i narxlari oshgani sababli o‘tkazilayotgan namoyishlar manzarasida Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bloklandi.
26-yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.
Quroli borligi bilan qo‘rqitib, samolyotni qo‘lga olishga harakat qilgan Surgut-Moskva reysining mast yo‘lovchisi ushlandi.
Andijon davlat universitetida Yevropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturining qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.
Qo‘qon shahrida xalq qabulxonasida ishlashini aytgan fuqaro arzon imtiyozli uylardan olib beraman deb, o‘z tanishini chuv tushirdi.
Uzcard brendidan kiberfiribgarlik maqsadida foydalanildi — rasmiy sayt interfeysi ko‘chirib olinib, bonuslar olish uchun karta raqamini kiritish taklif qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahrida Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi AQSHda to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan boykotni bekor qilish masalasini muhokama qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting