Andijonda Sharda universitetining filialini tashkil etish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladigan bo‘ldi.
Samarqand shahridagi 51-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktabga nemis faylasufi Vilgelm fon Humboldt nomi berilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Osiyo Kubogi doirasida o‘tkaziladigan Yaponiya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan Ektor Kuper matbuot anjumanida qatnashdi.
Prezident farmoniga asosan Dilshod Rahimov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
DSQ tomonidan 2019 yilgi soliq siyosatidagi yangiliklarni soliq to‘lovchilariga yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Xo‘jaobod tumanida yashagan D.S. mast holda yonib turgan shamning ustiga yiqilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan va uy egasi vafot etgan.
«Alp Jamol» banki kuzatuv kengashining sobiq raisi Muhiddin Asomiddinov ishi bo‘yicha tergov tiklandi. U O‘zbekistonga qaytib keldi va yetkazilgan zararni qopladi.
Endilikda noqonuniy valyuta savdosi ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va qonunga xilof ravishda hibsga olishda ayblanayotgan Andijon viloyati IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gurlan hokimi yordamchisi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi.
Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi.
Britaniya parlamenti Jamoalar palatasi Tereza Meyning Yevroittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi loyihasiga qarshi ovoz berdi. Muxolifat hukumatga ishonchsizlik votumi tashabbusi bilan chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Koreya Respublikasi Adliya vaziri Pak Sang Gi bilan uchrashdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov dominikanlik Rikardo Garsiyaga qarshi jang oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
Davlat personallashtirish markazi xorijga chiqish pasportini olishda fotosuratlar va mahalla muhri bosilgan ariza nima uchun kerakligiga izoh berdi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari tuziladi va ularga sud ekspertizalarining ayrim turlarini o‘tkazish huquqi beriladi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2019 yildan boshlab Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Eron — Iroq o‘yinini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting