Payshanba kuni Toshkentning turli tumanlarida ikki avtomobil — benzovoz va yuk mashinasi yonib ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Sindaoda XXR, Rossiya, Hindiston, Pokiston va BMT rahbarlari bilan uchrashadi.
O‘tgan yil aprelda Stokgolmdagi teraktni amalga oshirishda aybdor deb topilgan Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qoraqalpog‘iston davlat universitetida talabalarni fermer xo‘jaligi ishlariga jalb qilgan dekan va kafedra mudiri ishdan bo‘shatildi.
Toshkent hokimi v. b. qarori bilan poytaxtning barcha tumanlari ma’muriyat rahbarlari hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
XTVmaktab darsliklarida imloviy xatolar va sifat nuqsonlari borligini tan olib, ushbu kamchiliklarda nashriyot va bosmaxonalar muharrir hamda musahhihlarini aybladi.
Yil boshidan buyon Moliya vazirligi tizimida 93 nafar rahbar, jumladan moliya organlari mudirlari va g‘aznachilik bo‘limlari boshliqlari tayinlandi.
Iyun-iyulda Toshkentning 88 ta mahallasida rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari o‘tkaziladi.
Sergeli tumani hokimi avtomobil bozorini tuman hududida saqlab qolish istagini bildirdi, biroq uning boshqa joyga ko‘chirilishi transport holatini yaxshilaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMga kirish uchun qo‘shimcha ikki foizlik (abituriyentlar jami sonidan) kvota joriy etildi.
O‘zbekiston prezidenti Xitoyning Sindao shahrida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.
Samarqandda 10−11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya bo‘yicha birinchi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.
Surxondaryo viloyatida qariyb 45 kg opiyni sotishga uringan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga tushdi.
Poytaxtdagi Muqimiy va Qatortol ko‘chalari kesishmasidagi 2016 yilda yopilgan chorraha qayta tiklanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev suv kamligi sababli takroriy ekin maydonlarining qisqartirilgani mahsulot yetishtirish hajmi kamayishiga va narx-navoning oshishiga sabab bo‘lmasligi zarurligini ta’kidladi.
Jahon banki 2018 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 5 foizgacha pasayishini, biroq soliq va bank islohotlari natijasida bu ko‘rsatkich yaxshilanishi ma’lum qildi.
Yanvar-may oylarida byudjetga rejalashtirilgandan 2,7 trln so‘m oshiqcha mablag‘ kelib tushdi, biroq mahalliy hokimiyatlar rezervlardan to‘liq foydalanayotgani yo‘q, dedi prezident.
Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov e’lon qilindi, ularning 21 nafari hibsga olingan.
Tayanch OTMlar dasturlarni o‘zlari ishlab chiqadi, o‘qituvchilar talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha baholanadi, testlarni tayyorlash uslublari qayta ko‘rib chiqiladi, hujjatlar elektron qabul qilinadi.
Olimjon Fayziboyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting