Shavkat Mirziyoyev Sank-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.
BMT shafeligida Orolbo‘yining eng muhim muammolarini hal qilishda muvofiqlashtirilgan yondashuvni ta’minlash bo‘yicha jamg‘arma tashkil etilmoqda.
Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinib, davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish belgilandi.
«Toshkent — Kazan — Toshkent» xalqaro avtobus yo‘nalishi masofasi 2651 km bo‘lib, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt 43 soatni tashkil etadi.
Fransuz kompaniyalari konsorsiumi Chorvoq suv omboridagi sayyohlik zonalarini obodonlashtirish bo‘yicha loyihani ishlab chiqadi.
Aralash janglar ustasi Murod Xonto‘rayev «Toshkent» savdo markazi yaqinida pichoqlandi va shifoxonaga yotqizildi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kerchen bo‘g‘ozida Ukraina va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari ishtirokidagi hodisa munosabati bilan mamlakatda harbiy holat e’lon qilishni qo‘llab-quvvatladi.
Ko‘chmas mulkka egalik huquqini noto‘g‘ri davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organlar yetkazilgan zararni qoplaydi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Sherobod tumanida sport quroli va uning o‘n to‘rt dona o‘qini ushlab qoldi.
O‘zbekiston XTV BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini raqamli transformatsiyasi loyihasini amalga oshirishni boshladi.
Bojxonada yo‘laklar tizimi joriy etiladi, Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining tovar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflaydigan vaqti bojxona postlari xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
«Agrobank» ilg‘or xorijiy bank tajribalarni joriy etish uchun xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etadi.
Saudiya Arabistoni qiroli O‘zbekiston elchisi bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyevni mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
O‘zbekistonga kiruvchi xorijiy avtomobillar oynalari tusini o‘zgartirganligi (qoraytirganligi) uchun yig‘im miqdori 15 AQSH dollarini tashkil etilishi kutilmoqda.
Qozog‘istonda ishlab, pasportini oldirib qo‘ygan fuqaro chegarani buzib O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi va sudga tortildi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi mutaxassislari Xalq tabobati markazining ochilish marosimiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazishdi.
O‘zbekiston Markaziy banki 1994−2009 yillarda chiqarilgan oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga qo‘ydi.
Prezidentning «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
Qashqadaryo viloyatida Lacetti avtomobilining harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting