Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi «Valixon ota» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirdi.
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davom etayotgan III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 35 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan MDHga a’zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlarini qabul qildi.
O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari 2019 yilda harbiy hamkorlik rejasi hamda ikki davlat harbiy aviatsiyasi uchun havo hududlaridan foydalanish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
13 oktyabrdan boshlab Toshkentda 2008−2009 yillarda ishlab chiqarilgan «Mersedes» rusumli avtobuslar yo‘nalishga chiqarilmaydi.
Toshkentda 95-avtobus yonilg‘i tizimidagi nosozlik sababli yong‘in sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Belarus 2019 yilda harbiy hamkorlik rejalarini imzoladi.
O‘zbekiston YUNESKO dasturlari va byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkilotning maqsadsiz ko‘ngilli badallar maxsus hisob-raqamiga birinchi bo‘lib mablag‘ o‘tkazdi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Samarqandlik fuqaro 1995 yilning 13 noyabrida notarial tartibda rasmiylashtirgan holda xarid qilgan uyidan ajralib qolishiga sud yo‘l qo‘ymadi.
O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida MDHga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.
Paraosiyo o‘yinlarida Ma’rufjon Murodillayev oltin Elbek Sultonov va Asila Mirzayorova bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Sh. Rashidov tumanida «Isuzu» rusumli avtobusi «Jizzax-Do‘stlik-Gagarin» yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotilishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.
Nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga keyingi bosqichdagi muassasalarda o‘qishni davom ettirish huquqini beruvchi attestatlar berish rejalashtirilmoqda.
“Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon qabul qilindi.
O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zosi Muhammadqodir Toshtemirov umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan holda kumush medalga ega chiqdi.
Samarqandda uch qizning mashinada urib yuborishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«O‘zbektelekom» shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga bir daqiqa uchun 12 so‘mlik yagona tarifni joriy etdi.
O‘zbekiston prezidenti Misr bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyibni qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting