O‘zbekistonda noinfeksion kasalliklar uchun har yili 9,3 trln so‘m sarflanmoqda. Mamlakatdagi 78 foiz o‘limga ushbu turdagi xastaliklar sabab bo‘lmoqda.
Chilonzor metro liniyasining Olmazor bekatida 14-sonli mashrut bekatning aylanish joyida yuzaga kelgan texnik nosozlik bartaraf etildi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari 5000 dollar pora olayotganda ushlandi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Toshkentga tashrif buyurgan Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyanni qabul qildi.
Prezidentning «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan Madaniyat vazirligi huzurida ham kengash tuzildi.
Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari, Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari Ruslan Nuriddinov, Vadim Menkov va Nudiya Dusanovaga leytenantlik pogonlari topshirildi.
AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha maxsus elchisi: «Yoshlaringiz sizga kerak, ular hech qayerga ketmay vatanda ishlashi, kelajagini shu yerda ko‘ra olishi kerak».
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2018 yilning 15 oktyabr — 20 oktyabr kunlari «Infolib Uzbekistan» VII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi o‘tkaziladi.
Transport vositalaridan chiqindi tashlab yuborish uchun jarima miqdori ikki barobarga oshirilmoqda.
«Lasetti» avtomashinasining «Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi oldida yo‘l chetidagi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi.
Dzyudo bo‘yicha miks bahslarida Xorvatiya, Belorus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qilgan Jayhunbek Nazarov oltin medal sohibi bo‘ldi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov Vengriyaning «KISS Group» kimyoviy konserni boshlig‘i, Mishkols shahri kimyo sanoati zonasi bosh direktori Kic Laslo bilan uchrashdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Akfa Medline» MCHJ tashabbusi bilan Toshkentda AKFA xalqaro universiteti tashkil qilinadi.
Shayxontohur tumanida joylashgan ikki maktab bazasida xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) pilot loyihalari amalga oshiriladi.
III Paraosiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qurolli kuchlar tuzilmasida doimiy shay holatdagi va maxsus topshiriqli bo‘linmalar tashkil etilgani, jangovar shaylik vaqt ko‘rsatkichlari ikki barobarga qisqargani aytildi.
11−12 oktyabr kunlari fuqarolar bepul yuridik yordam olishlari mumkin.
Mehnat vazirligi ilk bor paxta maydonlarida majburiy mehnatga qarshi kurashda huquq himoyachilari monitoringi natijalaridan foydalanadi.
Toshkenda 87-yo‘nalishda qatnovchi avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi.
«MyWay Proforientation» kompaniyasi XTV ko‘magida Toshkentda 9-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting