«Aurum 898» tungi klubining ikki qo‘riqchisi militsiya xodimlari talabini bajarmagani va ularga qarshilik ko‘rsatgani uchun 15 sutkaga qamaldi.
2018/2019 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari yakunlandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov hasharni majburiy mehnatga tenglashtirmaslik kerak, deb hisoblaydi.
Toshkent, Namangan shaharlaridan keyin Qorako‘l tumanida ham ulkan O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi.
QHTBT portalida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunga pensiyalarni hisoblab chiqarishga oid tuzatishlar loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlarining birinchi turida Bangladesh olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Samarqand viloyat hokimi foydalanilmay turgan hududlarida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lgan ishbilarmonlar bilan uchrashdi.
Muzaffar Jalolov Toshkentdagi Inha universiteti rektori v. b. etib tayinlandi.
GM Uzbekistan avtomobil sotib olishga shartnomalar imzolanishini to‘xtatdi. Narxlarning ko‘tarilishi kutilmoqda.
«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasi vakili Muhammad Soxayl Shaxin O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.
Namangan shahrida yashovchi ayol oilaviy janjal oqibatida qaynonasi pichoq sanchdi.
«Eng katta xavf, bu — ichki dushman. Ichki dushman, bu — befarq odam», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasida respublikada ilk bor kriminalist-psixolog maxsus avtomobili faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar o‘smirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi bo‘limlari negizida qizlar salomatligi markazlari faoliyat boshladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida sportchilarni to‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalash, ularning turli qing‘ir yo‘llarga kirib ketishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
18−19 avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Markaziy bank tomonidan «Iste’mol krediti to‘g‘risida"gi qonunga tuzatishlar ishlab chiqildi.
Prezident qarori asosida 2018 yil 1 sentyabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining maoshi 1,1 baravarga, yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 21 avgust kuni nishonlanishini e’lon qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Suriya, KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting