«Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar belgilab berildi.
Qoraqalpog‘istondagi 6ta oliy o‘quv yurtiga 39 ming nafardan ortiq abituriyent hujjat topshirgan.
HY272 marshruti bo‘yicha Istanbul — Toshkent reysi soat 4:00 da (Istanbul vaqti bilan) samolyotning nosozligi sababli to‘xtatildi.
KB Strelka tomonidan amalga oshirilayotgan Amir Temur shohko‘chasi rekonstruksiyasining birinchi bosqichi boshlandi. Shoh ko‘chaning bir qismi 15 avgustgacha yopiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Mening fikrim» veb-portali orqali kelib tushgan jamoaviy murojaatni birinchi marta ko‘rib chiqdi.
Ayol kishidan 600 dollar pora so‘ragan Farg‘ona shahar futbol maktab-internati direktori sud qarshisida javob berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamg‘arma bilan kelishuvga erishmay yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi.
Falastin tashqi ishlar vaziri Riad al-Malkiy O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Xalq ta’limi vazirligi sarmoyadorlarni O‘zbekistonda xususiy maktablar ochishga taklif qilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 14 foizlik darajada saqlab qoldi.
Farrux Jahongirovich Po‘latov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning farzandi Ismoil Muhammad Yusuf O‘zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent IIBB to‘rt kishidan iborat guruhning firibgarlik faoliyati bo‘yicha tergovni yakunladi, ulardan biri qidiruvda.
Advokatlar endilikda ochiq sud majlislariga kompyuter va mobil telefonlarini olib kirishlari mumkin.
Elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovar va xizmatlarga haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga tenglashtirildi.
“O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqov sun’iy difitsitga barham berish orqali mashinalar tannarxini tushirish mumkinligini aytdi.
Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Eksimbankini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqmoqda.
GM Uzbekistan kompaniyasi 1 avgustdan boshlab avtomobillar narxini oshiradi. Mashinalar narxi o‘rtacha 14 foizga oshadi.
O‘zDJTUda Vebster universitetining TESL — ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish ixtisosligi bo‘yicha bir yillik magistratura dasturini ochish haqidagi kelishuv imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Marokash qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami — Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting