Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Soqol qo‘yish taqiqlanmagan va ushbu masalaga nisbatan munosabat tarbiyaga bog‘liq, dedi Toshkent IIBB boshlig‘i.
Obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishda tegishli choralarni ko‘rmagani uchun Kattaqo‘rg‘on tuman XTB mudiri va halok bo‘lgan o‘qituvchi Diana Yenikeyeva ishlagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi.
O‘zbekiston eksportida xizmatlar, import tuzilmasida esa mashina va uskunalar yetakchilik qilmoqda. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi yanvar-mart oylarida qariyb 8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi.
O‘zbekiston va Gretsiya TIVlar o‘rtasidagi muntazam siyosiy maslahatlashuvlar, Savdo-iqtisodiy va fan-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita majlislarini qayta boshlashga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga boradi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘ldi.
Toshkentning Olmazor tumani hokimi Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri etib tayinlandi.
Buxorolik 70 yoshli Muhammad Qudratov velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga yo‘l oldi.
O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonning amaldagi prezidentini ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi.
Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari va muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirishga topshiriq berdi.
O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiya o‘tkaziladi.
Yanvar-martda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 20,1 foizga o‘sib, 1,5 mln so‘mdan ziyodroqni tashkil etdi.
O‘zbekiston prezidenti Jazoir prezidentiga Il-76 qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Toshkentda kadastr yig‘majildi va kvartiraga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat o‘rniga kadastr pasporti joriy etiladi.
Prezident tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
«Kvars» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib IPO o‘tkazdi. Joylashtirilgan aksiyalar hajmi 2,475 milliontani tashkil etdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Haitov Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimida tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev ishtirok etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting