Sirdaryo tumanidagi Baxt shaharchasida xo‘jaliklararo kollektorda suv sathi oshib ketib, jami 102 ta xonadon va Baxt bozorchasini suv bosdi. Aholi xavfsiz hududga evakuatsiya qilinmoqda. Hozirga qadar «Xazina» mahallasidagi 20 ta uyda yashovchi 68 nafar fuqaro vaqtinchalik yaqin qarindoshlari xonadonlariga ko‘chirildi.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarning ilmiy salohiyatini shubha ostiga olayotganlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’limda ishlayotgan 70−80 yoshdan oshganlar shu vaqtgacha ilm bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ular ta’lim uchun kerak. Bundan tashqari, vazir tasdiqlanmagan ma’lumot bergani uchun 23 OTM prorektorini tanqid qildi.
Kiyevga Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari tashrif buyurishdi. «Aminmanki, shunday do‘stlar, mamlakatlar va qo‘shnilar hamda sheriklar bilan biz haqiqatan ham g‘alaba qozona olamiz», — dedi Ukraina prezidenti.
16 mart kuni ertalab Toshkent aeroportida quyuq tuman tushishi sababli bir qancha mahalliy va xalqaro reyslar kechiktirildi va boshqa aeroportlarga ko‘chirildi.
Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonova o‘z konsertida muxlislarga qo‘pol munosabatda bo‘lganini qoraladi va san’atkor muxlislar hurmatini joyiga qo‘yishi shartligini ta’kidladi. Avvalroq xonanda konsert dasturida sahna pardasi ochilmay qolgani uchun e’tiroz bildirgan tomoshabinlardan biriga qo‘pol tarzda javob bergani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi.
Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, og‘ir kasallikka chalingan yoki nogironligi bor keksalarning dori-darmonlarining 50 foizgacha bo‘lgan summasi koplab beriladi.
Qoraqalpog‘istonda o‘z xodimlarini urib-so‘kkan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i v.b.ga nisbatan «qattiq intizomiy jazo chorasi» qo‘llanildi. 2021 yilning fevralida sodir bo‘lgan mazkur holat aks etgan videoyozuv YPX xodimlaridan birining bodi-kamerasiga qayd etilgan va yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibi taqiqlanadi. Shuningdek, mamlakatda faol qarish indeksi joriy etiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya shakar va g‘alla eksportiga kiritgan vaqtinchalik cheklovlari O‘zbekistondagi mahsulotlar hajmiga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi. Aholi va korxonalarning talabini uzluksiz va barqaror narxlarda bug‘doy, un, shakar bilan ta’minlash, narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish uchun zaxiralar yaratilgani aytilmoqda.
16 martdan boshlab O‘zbekistonning Qozog‘iston va Tojikiston bilan o‘tkazish punktlari orqali fuqarolar harakatiga cheklovlar bekor qilinadi. Barcha bojxona postlari faoliyati qayta tiklanadi. Qolaversa, mamlakatga kirishda vaksina olgan xorijliklardan PZR-test natijasi talab etilmaydi.
Senat «snos» to‘g‘risidagi qonunni quyi palataga qaytarishi kutilmoqda. Senatorlarning fikricha, qonunni qayta ko‘rib chiqishga 7 ta moddadagi kamchiliklar va ochiq qolgan masalalar sabab bo‘lmoqda. Deputat Rasul Kusherbayev esa bu noto‘g‘ri ekanligini aytib, qonun qaytgudek bo‘lsa, Qonunchilik palatasi hujjatni prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritishi mumkinligini eslatib o‘tdi.
O‘zbekiston xalq artisti To‘tixon Yusupova 86 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
18 mart kuni shifokorlar bilan uchrashadigan prezident, Buxoroda qulagan qal’a devorini ta’mirlashga 1 mlrd so‘m, Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalarning o‘qishi ko‘chirilishi, Markaziy Osiyo prezidentlari necha yoshda lavozimga saylangani va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
14 mart kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin shakar va don eksportini vaqtincha taqiqlash bo‘yicha farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, shakar mahsulotlari eksporti 31 avgustgacha amal qiladi. Shuningdek, don mahsulotlarini YeOII mamlakatlariga olib chiqish ham 30 iyungacha taqiqlandi. Shakar eksportining cheklanishi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (biroq oz miqdorda) ta’sir qilsa, don eksportining cheklanishi Qozog‘iston orqali bilvosita ta’sir qilishi mumkin.
18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev 10 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ochiq muloqotga ulardan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan.
Hisob palatasi Toshkent tibbiyot akademiyasi binosi qurilishida 22,4 mlrd so‘m mablag‘ samarasiz sarflanganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 9 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasi 16,7 mlrd so‘mlik maoshga soxta «vedomost» larni rasmiylashtirib, o‘zlashtirgani aniqlandi.
Hisob palatasi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan 2,8 trln so‘mlik kreditlar muammoli holatda ekanini ma’lum qildi. Jumladan, Navoiy viloyatida mazkur dastur bo‘yicha o‘zaro aloqador uch fuqaroga 51 ta kredit shartnomasi bilan ajratilgan 867 mln so‘m kreditlar maqsadsiz ishlatilgan.
Senatning 24-yalpi yig‘ilishida Mehnat kodeksini tasdiqlash, kiberxavfsizlik va reklama to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, senatorlar ombudsman, TIV, IIV va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlarining hisobotlarini tinglaydilar.
Samarqand viloyatida issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonini 60 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar so‘ralgan pulning 20 ming dollarini olayotganda ushlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
2021-yilda 2 mln so‘mgacha oylik oladigan soni kamayib, 2−4, 4−5 va 5 mln so‘mdan ziyod maosh oladiganlar soni ortdi. Xususan, 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oluvchilar soni bir yil avvalgiga nisbatan 209 ming kishiga ko‘payib, 513,2 ming nafarga yetgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting