Bir oy davomida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 151 mln dollarga ko‘payib, aprel boshida 27 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi.
Toshkent IIBBga YHXB, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati hamda boshqa xizmatlar faoliyati bo‘yicha barcha murojaatlarni Telegram-bot orqali yuborish mumkin.
Prezident «Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Avval bu soha 30 dan ortiq normativ hujjatlar bilan tartibga solinar edi.
Toshkent Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari Qoratosh ko‘chasida asfalt qoplamasi deformatsiyasi sabablarini aniqladi.
AQSH O‘zbekistonga saraton kasalligiga qarshi 2,9 mln dollarlik dor-darmonlarni beg‘araz yordam sifatida yetkazib berdi.
«Toshkent-Olmaota-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi 12 apreldan ishga tushiriladi. Yo‘l haqi 100 ming so‘mni tashkil etadi.
Sud advokat Sergey Mayorovning Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha MXXning sobiq tergovchilarini guvoh sifatida chaqirish haqidagi da’vosini qondirdi.
Onlayn kassa apparatlarini joriy etish bo‘yicha sinov loyihasi vaqtida 500 tadbirkorga ular bepul taqdim etiladi.
Hyundai yuk avtomobillarini ishlab chiqarish «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida yo‘lga qo‘yiladi, loyiha qiymati 130 mln dollarni tashkil etadi.
Yo‘l harakati xavfsizligi konsepsiyasi loyihasida yil oxiriga qadar shahar va aholi punktlarida transport harakati tezligini 60 km/s gacha cheklash taklif qilinmoqda.
Qarzdorlar ma’lumotlar bazasiga EKOIHning 2 barobaridan ortiq qarzi bor fuqarolar va 5 barobaridan ziyod qarzdorlikka ega tashkilotlarni kiritish taklif qilinmoqda.
Giyohvand moddalar saqlash aybi bilan sudlangan Toshkent viloyati IIBning sobiq xodimi Davron Pirmatov oqlanib, reabitatsiya qilindi.
O‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 kishi oqlandi, bu ko‘rsatkich besh yil ichida 7 nafarni tashkil etgan edi.
Prezident G‘ayrat Hidoyatovni bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinladi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi birinchi chorakda 107 ming kishiga ko‘payib, 32 million 763,7 ming kishiga yetdi.
Ikki o‘smir «VAZ-2101» avtomobilini olib qochib, beton to‘siqqa borib urishdi, ikkisi ham shifoxonada.
IIV yakshanba kuni O‘zbekistonning turli hududlarida sodir bo‘lgan uchta yirik YTHda to‘qqiz kishi vafot etganini ma’lum qildi.
Toshkent Janubiy vokzalida poyezdlar qatnovi jadvali e’lon qilindi. Avval ular Shimoliy vokzaldan qatnar edi.
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
«Hech qanday rivojlanish bo‘lmadi. Ilmdagi 90-yillardagi sharoitimiz hozirgiga nisbatan yuz karra yaxshi edi», — dedi prezident olimlar bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting