Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda.
Prezident farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Shu yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlarda mamlakat prezidentligi uchun kurashdan chiqishini ma’lum qildi. So‘nggi haftalarda u nomzodini qaytarib olishga chaqirgan partiyadoshlari tomonidan bosim ostida qolgandi. U Kamala Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi.
Yaqinda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lgan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘ladi.
Yaponiya qurilish kompaniyasi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan quruvchilarni qidirmoqda. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari bir qator talablarga javob bersa, ishga joylashish uchun murojaat qilishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Soliq va sug‘urtalardan keyingi “sof” ish haqi 16 mln so‘mgacha bo‘ladi.
Guliston shahrida do‘kon sotuvchisi 12 yoshli bolaga QR-kodli chek so‘ragani uchun tarsaki tushirdi. Holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Nyu-Yorkning Bruklin shahrida 24 yoshli o‘zbekistonlik erkak oilasining to‘rt a’zosi — onasi, akasining rafiqasi va ularning ikki kichik farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.
Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bir necha o‘t o‘chirish ekipajlari, jumladan, aeroportning uchta o‘t o‘chirish mashinasi uni bir necha soat davomida o‘chirdi. Hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Jondor tumanida ayol xorijdagi eriga jahl qilib, 3−4 yoshli qizlarini kaltaklagandi. Bolalar ombudsmani bolalarda jarohat aniqlanmagani va unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi. Ayol “farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona” sifatida ro‘yxatga olindi.
Farg‘ona shahrida Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushgan yo‘lovchini qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan boshqa Damas bosib ketdi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.
Siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. oktabr oyida qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi o‘tkaziladi. 1937−1953-yillarda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan.
Sirdaryo viloyatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan 2 ta AGTKSH aniqlandi. Ularning biri 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr, ikkinchisi esa 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgani aytilmoqda.
Yangi Bank AJ boshqaruvi raisi Svetlana Xe innovatsion raqamli bank yaratish, shuningdek, uning oldida turgan muammolar va istiqbollar haqida gapirdi.
Toshkent viloyatida aholi xonadoniga laylak o‘ng qanoti yaralangan holda kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Zangiota tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Qushning salomatligi yaxshilangandan so‘ng ochiq tabiatga qo‘yib yuborilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlari tuziladi. Buning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatining 10 ta tumani hokimlari bozorda raqobatni cheklashga hamda iste’molchilar huquq va manfaatlari kamsitilishiga olib keluvchi qarorlar imzolaganini aniqladi. Hujjatlar qonun talablariga muvofiqlashtirildi, hokimliklar ogohlantirildi.
Demontaj qilinadigan tashqi reklama obyektlari, “Ipotekabank"ni jarimaga tortgan Raqobat qo‘mitasi, 20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy”, butun dunyo bo‘ylab Microsoft’dagi uzilishlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting