Prezident daromadi past hududlarda kredit, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini o‘rganishni buyurdi, shuningdek, rejani bajarish uchun biznesni qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashga majburlayotgan mas’ullarni tanqid qildi. Endi imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga ajratiladi.
Haydovchilar YPX xodimlaridan YHXX avtomashinalaridagi ko‘chma radarlar va qurilmalarda qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari ko‘rsatkichlarini hamda ushbu qurilmalarning muvofiqlik sertifikatini talab qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu imkoniyat sudda jarimaga e’tiroz bildirish imkonini berardi.
Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Women in Tech global hamjamiyati Kavkaz va Markaziy Osiyo vakillari uchun Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabulini ochdi. Taqdirlash ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” marosimning axborot hamkori hisoblanadi.
Toshkent viloyatida ferma mansabdorlari chorva mollari importi uchun bankdan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit, davlat jamg‘armasidan esa 116 mln so‘m subsidiya olgan. Ular bankka ko‘rsatilgan biznes rejaga amal qilmay, mollarni sotib yuborgan va kreditni o‘zlashtirgan. Ferma va bank mansabdorlari tergov qilinmoqda.
Raqobat qo‘mitasi “Ipotekabank” xizmatlarini reklama qilishda “chalg‘ituvchi”, “nomaqbul” usuldan foydalangan, deb topdi. Bank axborotda omonatning muhim shartlarini ochib bermagan. U jarimaga tortiladi.
“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga qamalib, o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Sudlanuvchilar 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Yagona ayol sudlanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Batafsil.
Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov birinchi xonimlar hamrohligida Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Foto.
O‘zbekistonda quriladigan obyektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda surdotarjimon ishtiroki majburiy bo‘ladi.
Yetti kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kino namoyishlari, jadidlar haqidagi multimedia ko‘rgazmasi, bog‘lardagi 90-yillar diskotekasi, raqs shousi, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari va boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Uzbekistan Airports Microsoft ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagani haqida xabar berdi. Aviatashuvchilar nosozliklarga duch kelsa, o‘z muqobil ro‘yxatga olish tizimimizni taklif qilishga tayyormiz, deydi kompaniya.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +34…+39, ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.
Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi.
Windows tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda. Avstraliya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV, fond birjalari texnik muammolar haqida xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.
2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.
Sud “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya ostida tashkil etiladi. “Ona diyor — ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan, Termiz shahridagi ikkita oliy o‘quv yurti negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan OTMlarning barcha talabalari yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.
Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 2 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting