Arxiv

10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi
17 iyul 2024, 11:05

10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi

Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi
17 iyul 2024, 10:44

O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha YAIDXP, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. SSVda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Birinchi yarimyillikda YIM 6,4 foizga ko‘paydi — prezident
17 iyul 2024, 10:44

Birinchi yarimyillikda YIM 6,4 foizga ko‘paydi — prezident

2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi. budjet daromadlari 113 trln so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi. 1,6 mln aholi rasmiy band bo‘ldi, deyiladi prezident raisligidagi yig‘ilishda.

OTB perinatal xizmatni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi
17 iyul 2024, 10:21

OTB perinatal xizmatni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi

O‘zbekistonda onalar o‘limi kamaygan bo‘lsa-da, hamon Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki bayonotida. Bank homiladorlar va chaqaloqlar uchun ko‘rsatiladigan perinatal xizmatni yaxshilashga yordam berish uchun 100 mln dollar imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi.

Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli ko‘rgazma o‘tkaziladi
17 iyul 2024, 09:34

Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli ko‘rgazma o‘tkaziladi

Poytaxtda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Turkistondan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar va ularning mintaqa madaniy-ma’rifiy merosiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilinadi.

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
17 iyul 2024, 08:41

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Xususan, kitoblar nashr etish, film suratga olish, ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazish, Nukus shahrida muzey ochish va Mo‘ynoqda uning nomida ekopark tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Andijonda alyuminiy sexi 6,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
16 iyul 2024, 23:52

Andijonda alyuminiy sexi 6,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon shahridagi alyuminiyni qayta ishlash sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 6,8 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

YI davlatlari Afg‘onistonda elchixonalar ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg
16 iyul 2024, 23:28

YI davlatlari Afg‘onistonda elchixonalar ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Bir qator YI davlatlari Afg‘onistonda 2021-yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan elchixonalarini qayta ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.

Tramp rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surildi. Jey Di Vens vitse-prezidentlik uchun da’vogarga aylandi
16 iyul 2024, 22:59

Tramp rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surildi. Jey Di Vens vitse-prezidentlik uchun da’vogarga aylandi

Respublikachilar partiyasi Donald Trampni rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. U vitse-prezident sifatida Ogayo shtatining 39 yoshli senatori Jey Di Vensni tanladi.

O‘zbekiston turistlarni jalb qilish uchun TTJdan 50 mln dollar kredit oladi
16 iyul 2024, 22:32

O‘zbekiston turistlarni jalb qilish uchun TTJdan 50 mln dollar kredit oladi

Shavkat Mirziyoyevga turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir takliflar taqdimot qilindi. Xorijiy turistlarni jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga TTJdan 50 mln dollar kredit liniyasi ochiladi. U yillik 17 foiz stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilga ajratiladi.

16-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 iyul 2024, 22:06

16-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

OTM imtihonlaridagi huquqshunoslik fanlari savollariga e’tirozlar, Korzinka`ning Raqobat qo‘mitasiga javobi, prezident yordamida o‘qishga kirgan farg‘onalik qiz, litsenziyasi qaytarib olingan Qulay Pul va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Chirchiq daryosi o‘zanida chiqindixona tashkil qilgan erkak qariyb 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi
16 iyul 2024, 21:58

Chirchiq daryosi o‘zanida chiqindixona tashkil qilgan erkak qariyb 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent viloyatida uzoq vaqt davomida pul evaziga Chirchiq daryosi o‘zaniga chiqindi tashlab yurgan shaxs u yerda chiqindi to‘g‘oni hosil qilgani aniqlandi. U 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va 3 mlrd so‘m zararni qoplashi belgilandi.

Qurilish materiallarida taklifning oshishi yangi binolar narxini pasaytiradi — MB
16 iyul 2024, 21:35

Qurilish materiallarida taklifning oshishi yangi binolar narxini pasaytiradi — MB

Ichki bozorda qurilish materiallarining taklifi oshib bormoqda, bu narxlar barqarorlashuviga va yangi uy-joylar narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. Regulyator import qurilish materiallarida narx xavfini ko‘rmayapti.

MB Qulay Pul to‘lov tizimi operatorining litsenziyasini qaytarib oldi
16 iyul 2024, 20:43

MB Qulay Pul to‘lov tizimi operatorining litsenziyasini qaytarib oldi

Markaziy bank Qulay Pul to‘lov tizimi operatori va o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan UzPost shu’ba korxonasining litsenziyalarini chaqirib oldi.

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning pasayishi “vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘liq — MB
16 iyul 2024, 20:26

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning pasayishi “vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘liq — MB

MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.

BMTTD va Uzum hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
16 iyul 2024, 19:00

BMTTD va Uzum hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Uzum ekotizimi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘zbekistonliklarga raqamli savodxonlik va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish niyatida hamkorlik memorandumini imzoladi.

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi
16 iyul 2024, 18:09

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi
16 iyul 2024, 18:03

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi

O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Korzinka “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirdi
16 iyul 2024, 17:45

Korzinka “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirdi

Korzinka supermarketlar tarmog‘i “eng arzon narx” iborasidan foydalanishni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, dastur “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” bo‘lib, unda eng past narxlar “uzoq muddatli va har kuni” taklif etiladi.

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi
16 iyul 2024, 16:06

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi

Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting