Yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quronboyev Prezident davlat maslahatchisi va Senat a’zosi etib tayinlandi.
Muzaffar Saliyev Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga tayinlandi.
Vohid Ismoilov O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari lavozimidan ozod qilindi.
O‘zbekiston mintaqada yirik gidrotexnik inshootlar qurilishi bo‘yicha o‘z pozitsiyasiga sodiq qoladi, deya ma’lum qildi Abdulaziz Kamilov.
Olmaotadagi O‘zbekiston elchixonasi bosh konsulxonaga aylantiriladi. Rossiyaning qator shaharlarida yangi konsullik vakolatxonalari ochiladi.
O‘zbekiston KXSHTga a’zolikni qayta tiklashni ko‘rib chiqayotgani ham, rejalashtirayotgani ham yo‘q, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri.
9-sinf bitiruvchilari xohlovchilar yetarli miqdorda bo‘lgan taqdirda, ta’limni o‘z maktablarida davom ettirishlari mumkin.
O‘zbekiston Human Rights Watch huquqni muhofaza qilish tashkiloti bilan hamkorlik qilishga tayyor, deya ma’lum qildi mamlakat TIV rahbari.
Respublika baynalmilal madaniyat markazining sobiq direktori Nasriddin Muhammadiyev 70 yoshida vafot etdi.
Hukumat ichki ishlar organlari xodimlariga uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish tartiblarini tasdiqladi.
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi milliy aviakompaniyaning «Toshkent-Tamchi-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab charter reysining amalga oshirilishida ishtirok etdi.
Toshkent Kichik halqa avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda iqtisodiyot, bank-moliya, UJK, transport, qurilish va boshqa sohalardagi muammolar muhokama qilindi.
Prezident 70 yoshni nishonlayotgan Futbol federatsiyasi rahbari Mirabror Usmonovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Poytaxt IIBB aliment to‘lamagani uchun qidiruvga berilgan shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.
Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan silat bo‘yicha xalqaro musobaqaga Jan-Klod Van Damm, Fedor Yemelyanenko, Jeff Monson va Armin van Byuren mehmon sifatida tashrif buyurishi mumkin.
«Turkmenistan» aviakompaniyasi yil oxiriga qadar Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Milliy aviakompaniya 29 avgustga qadar Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent charter reyslarini amalga oshiradi.
2 iyul kuni poytaxtda sakkizta YTH sodir bo‘ldi, ularda ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Mo‘ynoqda ishga tushirilgan suv quvuri 7 ming kub metr suv uzatish va 25 mingdan ziyod aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting