O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi.
Milliy aviakompaniya «Orzudagi layner"da Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi qo‘nishsiz parvozni amalga oshirish muddatini e’lon qildi.
FVV xodimlari daryoda cho‘milayotgan vaqtda kuchli oqimga duch kelib qolgan o‘smirni qutqardi.
27 aprel — 1 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor. Qirg‘oqlar o‘pirilishi hamda daryolar o‘zanlariga tutash hududlarni suv bosishi mumkin.
O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarda ishtirok etdi.
Bobur Shodiyev «Paxtakor» FK vitse-prezidenti, Umid Ahmatjonov — bosh direktori etib tayinlandi.
Boshlang‘ich sinflarda dasturlashtirish va shaxmat ko‘nikmalari bo‘yicha saboq beriladi. Olis tumanlarda maktablar filallari paydo bo‘ladi.
Abduqahhor To‘xtayev poytaxtning Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi.
Toshkentning «Lokomotiv» klubi «Al-Taavun"ga qarshi kechgan Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvida Marat Bikmayevning xet-trigi bilan ham g‘alaba qozona olmadi.
Prezident ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-na-Donu, Yekaterinburg, Vladivostok hamda Olmaotada O‘zbekiston konsullik idoralari ochiladi.
Markaziy bank banklar tomonidan import bo‘yicha to‘lovlar to‘xtatilganini inkor qildi.
Orient Finans banki Bankekspo 2017 koʻrgazmasida bir qator yangi interaktiv ishlanmalarni taqdim etdi.
25 yil ichida birinchi bor o‘tkazilgan O‘zbekistonning Tojikistondagi mahsulotlar ko‘rgazmasida 160 dan ziyod kompaniya ishtirok etdi.
20 apreldan 26 mayga qadar 620 juftlikning nikoh, 3280 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkaziladi.
Prezident 2018−2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturini tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish haqidagi mo‘ljalni tasdiqladilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar endilikda bank kartalarini boshqa shaxslarga berishi va ular orqali har qanday mahsulot va xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
OTB Pop, Namangan va Andijon o‘rtasidagi temir yo‘lni elektrlashtirishga qarz ajratdi.
Yog‘ingarchiliklar sababli A-373 M-39 avtomobil yo‘lidan 80 metr balandlikda 40 metrlik ko‘chki yorig‘i paydo bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting