Bugungi kunda aholining kundalik hayot tarzi, iqtisodiyotning qator ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining uzluksiz faoliyati bevosita elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq. Elektr energiyasi ta’minotidagi keng ko‘lamli uzilishlar jamiyatga va iqtisodiyotga juda katta zarar keltiradi. «Gazeta.uz» maqolasida blekautlar va ularning iqtisodiy zararlari haqida so‘z yuritiladi.
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qaraganda yo‘llardagi avariyalar oqibati odamlar ko‘proq vafot etayotganini ta’kidladi. «Nimaga kuyib-pishmaymiz? Nimaga o‘lim ko‘payyapti?», — deb so‘radi u. Prezident haydovchilarni o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Darsga bormasdan guvohnomani olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?», — dedi u.
Aholi sarosimaga tushmagani uchun minnatdorchilik bildirgan Shavkat Mirziyoyev, kechgacha elektr energiya va gaz ta’minoti to‘liq tiklanishini aytgan Energetika vazirligi, pora bilan qo‘lga tushgani aytilgan mansabdorlar, «blekaut» ortidan oziq-ovqat narxi keskin oshmasligi, faoliyati cheklangan gaz «zapravkalar», hududlarda harakatdan to‘xtagan jamoat transporti va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 26 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev elektr energiya va gaz ta’minotidagi uzilishlar ortidan bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetarli miqdorlarda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, ular muqobil energiyaga ulangan muzlatgich va omborxonalarda saqlanmoqda. Issiqxonalar esa bir necha kun ichida tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.
Yevropa Ittifoqining Ukraina tufayli Rossiyaga valyuta konvertatsiyasi, eksport va importni cheklashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda antiterror operatsiyalar rejimining bekor qilingani, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning koronavirusga chalingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samarqandda uch nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan erkak qo‘lga olindi.
Taniqli yozuvchi, dramaturg va ssenarist Sharof Boshbekov 71 yoshida olamdan o‘tdi. U «Temir xotin», «Masxaraboz», «Farhod va Shirin» kabi filmlar, «Charxpalak» videofilmining ssenariylariga mualliflik qilgan.
«Hududgazta’minot» korxonasi Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma’lum qildi. Aholidan: «gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirish» so‘raldi. Elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonada gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilish va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanish kerakligi eslatib o‘tildi.
O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga 10 yil muddatga 10 mlrd so‘mlik davlat obligatsiyalarini joylashtirdi. Bundan tashqari, 174,5 mlrd so‘mlik muomala davri 5 yil bo‘lgan obligatsilar ham birjaga chiqarildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdulla Azizov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident seshanba kuni energotizimda yuzaga kelgan nosozliklarga munosabat bildirib, uzoq hududlardagi texnogen ofatlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligini ta’kidladi. «Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, barcha soha va idoralar xodimlari, OAV va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Gaz quyish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar sabab Samarqand va Namangan viloyatlarida jamoat transporti harakati to‘xtab qoldi. Qoraqalpog‘istonda esa avtobuslar shoxobchalarda yuzaga kelgan uzun navbatlarda qolib ketmoqda.
2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilgan nisbatan 6,8 foiz yoki 19,3 trln so‘m ko‘proqni tashkil etgan. Qurilishlarning 94,8 foizi nodavlat tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,03 so‘mga pasayib, 10 803,97 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pastladi. Ushbu o‘zgarishlar 27 yanvardan kuchga kiradi.
Energetika vazirligi chorshanba kuni soat 17:00 dan keyin gaz bosimi to‘liq tiklanib, normal holatda iste’molchilarga yetkazilishini ma’lum qildi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov chorshanba kuni soat 18:00 ga qadar respublika bo‘yicha issiq va sovuq suv ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqt Toshkent shahridagi 1 foiz xonadongina issiq suv bilan ta’minlanmagan.
Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 20 foizga o‘sib, 3,2 mln so‘mga yetganini ma’lum qildi. Biroq ushbu raqamlar amaldagisidan farq qilishi mumkin. Bunga sabab qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy statistikada aks etmagan.
Poytaxt hokimligi huzuridagi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK xodimi 3 sherigi bilan 30 sotix yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, 42 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Jizzax va Samarqandda Davlat kadastrlar palatasining tuman filiallarida rahbar va xodim, Sirdaryoda esa bir fuqaro korrupsiyada gumonlanib, qo‘lga olingan.
1992−1994 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 15 tonna 447 kgdan ko‘proq giyohvandlik moddalari, shu jumladan, 1167 kg «gashish» to‘xtatib qolingani aks etgan tarixiy lavhalar e’lon qilindi. Yuklar ortilgan konteynerlar daryo orqali kemalarda olib kelingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 1-fevraldan boshlab Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan aviareys amalga oshirilishini ma’lum qildi. 10-fevraldan esa har kuni 2 tadan, Ramazon oyi davomida esa har kuni 3 tadan avia qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting