AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi.
Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi, u bu lavozimda 1-iyundan ish boshladi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan beri BMTning Gruziyadagi doimiy vakili edi, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, YeXHTda ishlagan.
Buxoro viloyatida 226 mln dollar evaziga yangi aeroport quriladi, avvalroq mavjud aeroportning o‘zida yangi terminal qurish ko‘zda tutilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi havo bandargohi “sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda”.
Shavkat Mirziyoyev turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Prezident turoperatorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, QQSni subsidiya shaklida qaytarish muddatini uzaytirish, pensiyadagi sayyohlar uchun alohida viza rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Urgut tumanida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yuqori tezlikda 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Bola mashinani uyidan otasining ruxsatisiz olib chiqib ketgani aniqlandi.
May oyida O‘zbekistonda 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bunda davlat manfaatlariga 67,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Tanlov 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblarga BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda. Shuningdek, 1-oktabrdan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha litsenziya talablari kiritiladi.
O‘zbekistonda Turkiya Kappadokiyasi misolida havo sharlari hududini yaratish reja qilinmoqda. Prezident Mo‘ynoq aeroportida parashyutdan sakrash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytdi. Ekologiya, transport va mudofaa vazirlariga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish topshirildi.
Yaponiyada Toyota, Suzuki, Mazda, Honda va Yamaha kompaniyalari ishtirokida mojaro kelib chiqdi. Rasmiylar kompaniyalar avtomobil sertifikati ma’lumotlarini soxtalashtirganini aniqladi. Konsernlar ba’zi modellarni yetkazib berishni to‘xtatdi.
Turkiyaga boradigan Shavkat Mirziyoyev, qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirishga urinishlar, “Baxti Tashkentskiy"ga nisbatan boshlangan sud jarayoni, yagona operator sifatidagi huquqi bekor bo‘layotgan UzGasTrade va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
AQSh Ukraina va Isroilni “qancha kerak bo‘lsa, shuncha” qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, biroq ular aralashgan mojarolar keskin nuqtaga yetgani sababli uch davlatning milliy manfaatlari bir-biridan farq qilmoqda, deb yozmoqda New York Times.
Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Jarohatlanganlar yo‘q.
Toshkent viloyatida o‘zini 16 qavatli bino tomidan tashlab, halok bo‘lgan 19 yoshli qiz ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Prezident Shahrisabz shahri va tumanida turizm klasteri tashkil etishni buyurdi. Bu uchun 240 mlrd so‘mga yo‘llarni ta’mirlash, 115 milliard so‘mga G‘elon qishlog‘ida infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. U yerda 3000 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi.
Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.
Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.
Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting