Arxiv

Yangi Toshkent direksiyasi rahbari ta’sischisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh pudratchi bilan 350 mlrd so‘mlik shartnoma tuzdi
28 dekabr 2023, 16:58

Yangi Toshkent direksiyasi rahbari ta’sischisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh pudratchi bilan 350 mlrd so‘mlik shartnoma tuzdi

Yangi Toshkent direksiyasi rahbari Davronjon Adilov Gold Step Invest kompaniyasi bilan poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasida transport kesishmasini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Kompaniyaning hammuassisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Loyiha qiymati 350 mlrd so‘mga baholanmoqda.

O‘zbekistonda mahallalar uyushmasi tashkil etilmoqda
28 dekabr 2023, 16:41

O‘zbekistonda mahallalar uyushmasi tashkil etilmoqda

Prezident Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi va Mahallalar uyushmasini tashkil etishni ma’qulladi. Mahalla “aholi muammolarini hal etishning tayanch bo‘g‘ini” sifatida qayd etilgan. Yangi yildan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

UzAuto Motors xaridorlar “sotuvga” joylayotgan shartnomalarni monitoring qilayotganini bildirdi
28 dekabr 2023, 15:47

UzAuto Motors xaridorlar “sotuvga” joylayotgan shartnomalarni monitoring qilayotganini bildirdi

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Kompaniya xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.

“Mahalla yettiligi” uchun KPI belgilandi
28 dekabr 2023, 15:01

“Mahalla yettiligi” uchun KPI belgilandi

Prezident farmoni bilan “mahalla yettiligi” (sobiq “beshlik”) har bir a’zosining vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyati asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Hukumatda “yettilik”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi.

Chery Tiggo 7 Pro ANCAP tomonidan besh yulduzli xavfsizlik reytingiga ega bo‘ldi
28 dekabr 2023, 15:00

Chery Tiggo 7 Pro ANCAP tomonidan besh yulduzli xavfsizlik reytingiga ega bo‘ldi

ANCAP tomonidan Chery Tiggo 7 Pro avtomobil modeli “yuqori xavfsizlik va sifat” tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatadigan besh yulduzli xavfsizlik reytingiga sazovor bo‘ldi.

Toshkentda 31-dekabr kuni metrodan foydalanish bepul bo‘ladi
28 dekabr 2023, 14:29

Toshkentda 31-dekabr kuni metrodan foydalanish bepul bo‘ladi

31-dekabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ladi. Barcha bekatlar soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi
28 dekabr 2023, 14:17

OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi

Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod”ga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zbekistonda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi
28 dekabr 2023, 12:49

O‘zbekistonda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-apreldan tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi. Unda har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 355 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi
28 dekabr 2023, 12:18

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 355 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi

11 oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 355,2 ming dona yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqarildi. Eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan (104,6 mingta). Shuningdek, Chery ishlab chiqarish keskin o‘sdi va avtobuslar ishlab chiqarish importning ko‘payishi fonida kamaydi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
28 dekabr 2023, 12:14

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.

Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiyadagi tiklanishga bog‘liq — Jahon banki
28 dekabr 2023, 11:20

Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiyadagi tiklanishga bog‘liq — Jahon banki

Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.

“Qonunchilik palatasi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanib qolmoqda” — deputat Doniyor G‘aniyev
28 dekabr 2023, 10:33

“Qonunchilik palatasi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanib qolmoqda” — deputat Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev Qonunchilik palatasi Senat kabi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanayotgani haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi hukumat tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish kerak emas, degan noto‘g‘ri qarash mavjud.

Toshkentdagi maktab hududida 31 yoshli erkak osilgan holda topildi
28 dekabr 2023, 10:28

Toshkentdagi maktab hududida 31 yoshli erkak osilgan holda topildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 31 yoshli erkak daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilishga uringan.

“Bizga kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur” — prezident
28 dekabr 2023, 10:05

“Bizga kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur” — prezident

Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.

Surxondaryodagi magistral gaz quvurida avariya yuz berdi
28 dekabr 2023, 09:41

Surxondaryodagi magistral gaz quvurida avariya yuz berdi

Magistral gaz quvurida avariya yuzaga kelgani sababli Surxondaryoning 6 ta tumani va Termiz shahrida gaz ta’minoti to‘xtatildi. “Hududgaz Surxondaryo” muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
28 dekabr 2023, 09:21

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 balli kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 gigavatt bo‘lgan oltita “yashil” elektr stansiyasi ishga tushirildi
28 dekabr 2023, 09:13

O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 gigavatt bo‘lgan oltita “yashil” elektr stansiyasi ishga tushirildi

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Ularning umumiy quvvati 2400 MVtni tashkil qiladi.

27-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 dekabr 2023, 23:09

27-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kun natijalari, avtomobillar uchun tuzib bo‘lingan shartnomalar, tez tibbiy yordam uchun yana 100 ta Caddy, O‘zbekistonga 2 baravar ko‘proq yetkaziladigan Rossiya gazi, bayramda qo‘shimcha bir soat ishlaydigan Toshkent metrosi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.

Shaxmatchi Yan Nepomnyashiy Samarqanddagi rapid bo‘yicha JCHda Magnus Karlsenga berilgan “imtiyoz”dan shikoyat qildi
27 dekabr 2023, 23:00

Shaxmatchi Yan Nepomnyashiy Samarqanddagi rapid bo‘yicha JCHda Magnus Karlsenga berilgan “imtiyoz”dan shikoyat qildi

Rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashiy Magnus Karlsenga berilgan “imtiyoz” tufayli Xalqaro shaxmat federatsiyasi va O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan rapid hamda blits bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilariga shikoyat qildi. FIDE “ishtirokchilarning hech biriga alohida sharoitlar yaratilmaganini” bildirdi.

Umida Omonova 5, Nodirbek Yoqubboyev 31-o‘rinda. Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kuni qanday o‘tdi?
27 dekabr 2023, 22:53

Umida Omonova 5, Nodirbek Yoqubboyev 31-o‘rinda. Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kuni qanday o‘tdi?

Samarqandda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Magnus Karlsen va yana 4 nafar shaxmatchi peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Yoqubboyev 31, Umida Omonova 5-o‘rinda. Jahongir Vohidov esa 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting