Mass-media fondi yangi direktori Jahongir Azimov o‘zining Telegram kanalida Muna Mug kompaniyasi rahbari Farrux Hakimovning fotograf Kamil Yenikeyevga qilgan tajovuzkor harakatlariga munosabat bildirdi. U harakatni nomaqbul deb atadi va bu qonun bilan jazolanishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar uchun belgilangan limitning 10 foizidan ortig‘i miqdorida gaz yoki elektr energiyasi iste’moli uchun oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanadi, dedi energetika vaziri. Iste’molchilar energoauditi bo‘yicha ham yangi tartib joriy etiladi.
Buxoro viloyatiga borgan Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Prezident, shuningdek, majmuadagi “yuz yil vayron bo‘lib yotib”, tiklangan Toqi miyona darvozasini ko‘zdan kechirdi. “Endi bu yerdagi har bir obidaga bitiklar yozib qo‘yish kerak”, — dedi u. Foto.
Deylik, ko‘chmas mulkka investitsiya kiritmoqchisiz. Toshkentda uy-joy narxlari o‘sishi hisobga olinsa, xarajatingiz 5−7 yil ichida o‘zini oqlashi kerak. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Denis Sokolovning navbatdagi maqolasi — ko‘chmas mulkka investitsiyadan daromad olish va haqiqiy daromadni to‘g‘ri hisoblash haqida.
Toshkentda sotib olingan ko‘chmas mulk o‘z egasini o‘sish potensialiga ega aktivlar bilan ta’minlovchi barqaror passiv daromad manbaidir. Realting ko‘chmas mulk platformasi mutaxassislari Andrey Sodiqov va Botir Abdurahmonov ko‘chmas mulkka uzoq muddatli investitsiyalarni qanday rejalashtirish haqida so‘z yuritadi.
WeFintech dasturi doirasida Uzum Academy rahbari Karine Agavelyan tojikistonlik va qozog‘istonlik tadbirkor ayollar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Toshkentdagi Xalqaro jaz festivalining barcha konsertlarini ochiq havoda o‘tkazish tashabbusi shahar ahliga o‘zining ijobiy ma’noda yashirin jihatlarini kashf etish imkonini berdi. Bunday tadbirlar nimasi bilan muhim va qanday qilib ularni yanada yaxshiroq qilish mumkin — Sabina Bakayeva shu haqda mushohada yuritadi.
Sloveniya hukumati Falastinning mustaqilligi va suverenitetini tan olmoqchi. “Falastinni tan olish ikki davlat va xalqning tinch-totuv yashashi uchun yagona yo‘ldir”, — dedi Sloveniya tashqi ishlar vaziri. Bir necha kun avval Yevropaning uchta davlati ham Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgandi.
Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi.
Xitoy yirik pandalarni Vashington hayvonot bog‘iga qaytaradi — yil oxirigacha u yerga pandalar juftligi yetkaziladi: Bao Li va Sin Bao. AQShning birinchi xonimi buni tarixiy lahza deb atadi. AQSh OAV Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi taranglikni inobatga olib, bu kutilmagan yangilik bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Nyu-York hakamlar hay’ati Donald Trampni pornoaktrisaga to‘langan pulni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Shu tariqa, u jinoiy ishda aybdor deb topilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Hukm 11-iyul kuni e’lon qilinadi.
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi. Tashrifda loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish reja qilinmoqda.
Tariflar oshirilganidan so‘ng may oyida O‘zbekistonda 2023-yilning shu davriga nisbatan elektr iste’moli 324 mln kVt/soatga, gazniki 125 mln kub metrga kamaydi, dedi energetika vaziri. Uning aytishicha, abonentlar va korxonalar soni ko‘payishi bilan iste’molning kamayishi energiya tejamkorligidan dalolatdir.
Har yili bahorda, 30-aprelda Xalqaro bolalarni jismoniy jazolashga chek qo‘yish kuni nishonlanadi. YUNISEF vakili Antoniya Lyudeke o‘z maqolasida bolalarni zo‘ravonliklarsiz tarbiyalash, ularning qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan o‘qitish usullariga o‘tishning ahamiyati haqda so‘z yuritadi.
112 yagona dispetcherlik xizmati 1-iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. Bu raqam favqulodda vaziyatlar vaqtida shoshilinch yordam olishga mo‘ljallangan bo‘lib, AQShdagi 911 xizmatining analogi hisoblanadi.
Dunyo aholisining deyarli 80 foizi 2023-yilda kamida 31 kun davomida anomal issiqlikni boshdan kechirdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, antropogen omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqlim inqirozi bo‘lmaganda, bu kunlar ancha kam bo‘lar edi.
2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘ladigan O‘zbekiston, energiya samaradorligi reytingini joriy etish taklifi, tartibga solinayotgan xorijiy konsultantlarni jalb qilish tizimi, 35 mlrd dollarga yetgan davlat qarzi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin. Qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash ham ko‘zda tutilgan. Prezident tashkilot bosh direktori bilan shu masalalarni muhokama qildi.
AQSh va Ukraina iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti doirasida xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolashi kutilmoqda. Bu Kiyevning NATO davlatlari bilan tuzgan ikki tomonlama kelishuvlari ichida eng muhimiga aylanadi, deb yozmoqda Financial Times.
2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga o‘sib (reja qilingan 2,9 mlrd dollar o‘rniga), 34,9 mlrd dollarga yetdi. Olti yil ichida qarz 3 baravar oshdi. O‘tgan yili davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari keskin ortdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting