O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda gidroelektr stansiyalari, shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temiryo‘llarini hamkorlikda qurish loyihalariga qo‘shilishga chaqirdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda qurilishi kutilayotgan Qambarota GES-1 loyihasini “O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” deb atadi. U xalqaro moliya institutlarini ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirdi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi final haqida gapirib, jamoalarni “bir-biriga munosib raqib” deb atadi. Uning aytishicha, o‘yin uchun tayyorlangan reja bor. Kapadze, shuningdek, 3 legionerning o‘yinda qatnashmasligiga ham to‘xtaldi.
Endi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.
Shavkat Mirziyoyev investorlarga hamkorlik imkoniyatlari haqida gapirarkan, mamlakatda 30 dan ortiq noyob metallar konlari mavjudligini alohida ta’kidladi. Prezident O‘zbekiston AQSh va Buyuk Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar ustida ish olib borayotganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi: “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga yerlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi.
Toshkentda o‘tayotgan III xalqaro investitsiya forumida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Forumda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi.
Soliq qo‘mitasi “Gazeta.uz” so‘roviga javoban quruvchi tashkilotlar yangi uy-joylarni sotishda shartnomalarda ko‘rsatadigan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ayrim quruvchilar hujjatlarda har kv.m uchun narxni 1 mln so‘mdan ko‘rsatgan. Maqsad soliq solinadigan bazani kamaytirish bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi. Shuningdek, sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha uzaytiriladi. Mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi.
Yil oxirigacha Yandex O‘zbekistonning ikki shahrida bolalar uchun dasturlash maktablari va informatika o‘qituvchilari uchun bepul dasturlash kurslarini ochishni rejalashtirmoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogida Indoneziyaga qarshi bahsdan oldin yigitlarga konsentratsiyani yo‘qotmaslik va bosimlarga ahamiyat bermaslikni tushuntirgan. “Maqsadimizdan kechmaymiz”, — dedi u. Kapadze shogirdlari 3-may kuni finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi.
“Rivojlanayotgan dunyoda hukumatlar muammo tadbirkorlar kamligida deb o‘ylaydi, lekin muammo bor korxonalarning juda kichikligida”, — dedi Behzod Hoshimov. Iqtisodchiga ko‘ra, firmalarning hajmi oshishi kerak, ammo davlat xarajatlari orqali tadbirkorlarni rag‘batlantirish siyosati buning teskarisini qiladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.
Bungacha Marhamat tumani hokimi bo‘lib ishlagan Bobirbek Yuldashev Andijon tumaniga hokim bo‘ldi. Shu tariqa bir kun ichida Andijon viloyatidagi uchta tuman rahbari o‘zgardi.
Uchta tumanga tayinlangan hokimlar, pensiyaning yangi eng kam miqdorlari, Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik hokkeychilar, birinchi chorakda 5 baravar ko‘p foyda ko‘rgan UzAuto Motors va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident 2025-yilda NKMK, OKMK va “O‘zbektelekom"ning 5 foizgacha aksiyalarini xalqaro fond bozoriga joylashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi. Shuningdek, 7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro investorlarga sotish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligining inflyatsiyaga bevosita ta’sirini ta’kidladi, biroq regulyatorda bu ko‘rsatkichni pasaytirish vositalari yo‘qligini tan oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting