Toshkent investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi. “Yangi Toshkent” infratuzilmasi, ma’lumotlar markazi va elektr stansiyalari qurish, Nukus, Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish va boshqa loyihalar rejala qilinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining mart oyidagi qarori bilan O‘zbekiston hududidagi 157 ta binodagi mozaika va pannolar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi va davlat muhofazasi olindi. “Gazeta.uz” ularning ro‘yxati va manzillarini taqdim etadi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan hududlarida ham sezildi.
Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.
Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. Uning qachondan beri qidiruvdaligi va qanday jinoyatda ayblanayotgani noma’lum. Shuningdek, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ham qidiruvga berilgan.
ADM Global kompaniyalar guruhi 27-aprel kuni Buxoro viloyatida With Chery With Love tadbiri doirasida Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari egalarini jamladi.
Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi.
Chilonzor tumanida daraxt qulab, 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlaganlar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi. Hodisa sababli bitta avtomobilga ham zarar yetgan.
Onix turar joy majmuasidagi kottejlar uchun kapital ta’mirlash va kadastr bilan erta bron qilish imkoniyati mavjud.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz” savoliga javoban “O‘ztransgaz” (magistral gaz quvurlari operatori) ishonchli boshqaruvga berilishi mumkinligi haqida eshitmaganini ma’lum qildi. O‘tgan oy “O‘zbekneftgaz” “O‘ztransgaz” va uning qarzi bilan bog‘liq qator operatsiyalarni amalga oshirgandi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.
Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.
Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan TePe Sigeman Chess Tournament 2024 turniri chempioniga aylandi. U tay-breykda Arjun Erigaysi va Pyotr Svidlerni mag‘lub etdi.
O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.
Matbuot erkinligi reytingida 11 o‘rin pastlagan O‘zbekiston, Qirg‘izistonning Toshkentdagi yangi elchixonasi, to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlarga imtiyozlar, gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish zarurati va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
AQSh elchisi Jonatan Henik O‘zbekiston fuqarolarining bog‘lar va toza havoni muhofaza qilishdagi sa’y-harakatlarini olqishladi. “Xalqlarimiz o‘z huquqlarini erkin himoya qilishi va siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin bo‘lsa, mamlakatlarimiz kuchliroq, atrof-muhitimiz esa xavfsizroq bo‘ladi”, — dedi u.
Qatarda o‘tgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Yaponiya yoshlar terma jamoasi O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozondi — 1:0.
Mahallalarda zo‘ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy yordam berilmayapti, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Buni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. “Inson” markazlari tomonidan tuman miqyosida yordam ko‘rsatiladi. Zo‘ravonlikka qarshi kurash ta’lim va mehnat munosabatlari sohalarida ham ko‘rib chiqiladi.
P️rezident to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni belgiladi. Jumladan, ayrim import xomashyolar 2027-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi. Yuqori toifadagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Made in Uzbekistan brendi ostida milliy mahsulotlar do‘konlari tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting