Arxiv

Britaniyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash taklif qilindi
5 oktabr 2023, 17:45

Britaniyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash taklif qilindi

Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi
5 oktabr 2023, 17:14

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi

Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel toshqini 2022-yilda kuzatildi
5 oktabr 2023, 16:00

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel toshqini 2022-yilda kuzatildi

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi
5 oktabr 2023, 15:11

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Qo‘llanma: Green Card dasturiga mustaqil ariza topshirish va natijalarni tekshirish
5 oktabr 2023, 14:59

Qo‘llanma: Green Card dasturiga mustaqil ariza topshirish va natijalarni tekshirish

Green Card dasturi uchun onlayn anketani qanday to‘ldirish mumkin? Fotosuratlar bo‘yicha qanaqa talablar mavjud? Natijalarni-chi, qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” mustaqil ravishda bepul ariza topshirish va uning natijasini tekshirish bo‘yicha qadam-baqadam qo‘llanmani taqdim etadi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 3 ta mintaqalararo va 7 ta tijoriy shartnomalar imzolandi
5 oktabr 2023, 14:47

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 3 ta mintaqalararo va 7 ta tijoriy shartnomalar imzolandi

Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Toshkent viloyatida Wildberries logistika xabini qurish, Rossiyadan metro vagonlarini yetkazib berish, suv ta’minoti bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi
5 oktabr 2023, 14:42

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi
5 oktabr 2023, 14:38

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi

“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.

Bu yilgi qishda yanvardagidek anomal sovuq kutilmayapti — O‘zgidromet
5 oktabr 2023, 14:16

Bu yilgi qishda yanvardagidek anomal sovuq kutilmayapti — O‘zgidromet

Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda
5 oktabr 2023, 14:05

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Behzod Hoshimov: 1991-yil dunyo bozoriga qo‘shilish uchun eng zo‘r fursat edi, keyingi eng zo‘r fursat — aynan hozir
5 oktabr 2023, 13:06

Behzod Hoshimov: 1991-yil dunyo bozoriga qo‘shilish uchun eng zo‘r fursat edi, keyingi eng zo‘r fursat — aynan hozir

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston dunyoga ochilishi va savdo erkinlashtirilishi tarafdorlaridan biri sanaladi. Mifonomikaning navbatdagi sonida u bilan O‘zbekistonga xalqaro bozorlarda o‘rin bor yo yo‘qligi, nima uchun erkin savdo muhimligi va hukumat kabinetlaridagi savdodan qo‘rquv haqida gaplashildi.

Tataristonning Atom elektromobili O‘zbekistonda yig‘ilishi mumkin
5 oktabr 2023, 11:55

Tataristonning Atom elektromobili O‘zbekistonda yig‘ilishi mumkin

Kama kompaniyasining Atom elektromobilini O‘zbekistonda yig‘ish, keyinchalik ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:42

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi.

2023-yilning 9 oyida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 2500 ga yaqin holat qayd etildi
5 oktabr 2023, 10:40

2023-yilning 9 oyida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 2500 ga yaqin holat qayd etildi

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar yig‘ib olinishi va o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berib yuborish holatlari qayd etilmoqda.

Talabaning onasini haqorat qilgan O‘zMU prorektori ishdan vaqtincha chetlatildi
5 oktabr 2023, 10:20

Talabaning onasini haqorat qilgan O‘zMU prorektori ishdan vaqtincha chetlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori talabaning onasini haqorat qilayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Universitet xabar qilishicha, surishtiruv ishlari boshlangan va u lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan.

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:17

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. U bu lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelgan Feruza Mahmudovaning o‘rnini egalladi.

Odam savdosida gumonlangan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
5 oktabr 2023, 09:45

Odam savdosida gumonlangan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Qizlarni BAA va Ummonda fohishalik qilishga majburlashda gumonlangan ayol O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent va Maskat Interpol Milliy markazi byurolari hamkorligida amalga oshirildi.

Ustyurtda yangi quduqdan kuniga 1 mln kubometr miqdorida gaz olish boshlandi
4 oktabr 2023, 22:13

Ustyurtda yangi quduqdan kuniga 1 mln kubometr miqdorida gaz olish boshlandi

Ustyurtda “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi yangi 5-izlov-qidiruv qudug‘idan kuniga 1 mln kub metr gaz olinmoqda. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi mazkur hududda yil oxiriga qadar yana 36 ta yangi gaz qudug‘ini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

4-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
4 oktabr 2023, 22:00

4-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning kutilayotgan Rossiyaga rasmiy tashrifi, Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagani voqeasi, elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi, poyezd chiptalari narxi oshishiga faollarning munosabati, 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Qirg‘izistonda taniqli “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev maxsus operatsiya vaqtida o‘ldirildi
4 oktabr 2023, 21:48

Qirg‘izistonda taniqli “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev maxsus operatsiya vaqtida o‘ldirildi

Qirg‘izistonlik mashhur “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev Bishkek markazida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi. AQSh Kolbayevni “Qirg‘izistondagi eng nufuzli jinoiy guruh rahbari” deb atagan va uni dunyodagi eng yirik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ro‘yxatiga kiritgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting