Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu, jumladan, noqonuniy migrantlarning o‘z vatanlariga tezroq qaytishlariga imkon beradi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 24 yoshli yigit o‘ldirilgan, mashinasi esa yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda yonayotgan mashina videosi paydo bo‘ldi.
Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uy og‘ishiga bino poydevoriga kirgan yomg‘ir suvlari oqibatida vertikal seysmik choklarning loyihaviy holatidan ko‘chishi sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Qurilish vazirligi bino holati o‘rganilib, pudratchiga “zudlik bilan chora ko‘rish” talabi qo‘yilganini qayd etdi.
Nemolchi.uz loyihasi Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida bir qiz 4 nafar qo‘shnisi tomonidan zo‘rlanganini ma’lum qildi. Qizning qarindoshlari aytishicha, ekspertiza tuman IIB xodimining harakatsizligi sababli voqeadan 3 kun o‘tib o‘tkazilgan, jinoyat ishi esa faqat bitta gumonlanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan.
4-oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi.
2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan va sintez qilgan olimlar — Mungi Bavendi, Lui Bryus va Aleksey Ekimovga berildi.
O‘zbekiston prezidenti 2024-yil oxirigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalarida aholiga yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Shuningdek, u Tataristonga ham tashrif buyuradi.
O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezd chiptalari narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” chiptasi narxi 100 foizga oshadi. Tarmoqlar foydalanuvchilari esa “bir faqat oylik 100 foizga oshmasligini” kinoya qilib, narsh oshsa ham “chipta bemalolroq bo‘lib qolsa go‘rga edi”, demoqda.
O‘zbekistonda sentabr oyi davomida 111 mlrd 428 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
6−7-oktabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
O‘tgan hafta Senatda Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda pasportning asl nusxasi talab qilinishini tanqid qilindi. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday talab yo‘q, biroq xorijga chiptalar sotilayotganda yo‘lovchi va aviakompaniyaga jarima sanksiyalari qo‘llanmasligi uchun vizali pasport so‘raladi.
Namangan viloyatini 1996−2004-yillarda boshqargan hokim To‘lqin Jabborov 73 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga og‘ir xastalik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitini rejalashtirilganidek 1-oktabrdan emas, oktabr oxirida boshlashni rejalashtirmoqda. Qozog‘iston energetika vazirining ma’lum qilishicha, gaz quvurida ta’mirlash ishlari davom etmoqda, yetkaziladigan gaz hajmi ham kelishib olinmoqda.
Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi AVO bank`ga (sobiq “O‘zagroeksportbank”) ustav kapitalini talab qilingan darajaga — 200 mlrd so‘mga yetkazmagani uchun kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi.
Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Elison Lekler o‘z missiyasini yakunlamoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov unga mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Yil oxirida Toshkent shahrida Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahridagi 80 foiz ko‘chalarda transport vositalari uchun tezlik chegarasi soatiga 50 kmdan 30 kmgacha pasaytiriladi. Shahar ma’muriyati bu orqali jiddiy YTHlarni 30 foizgacha kamaytirmoqchi. Shuningdek, bu shahardagi shovqin darajasini ikki baravar kamaytirishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting