Arxiv

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinida Meksika bilan durang o‘ynadi (foto, video)
13 sentabr 2023, 10:11

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinida Meksika bilan durang o‘ynadi (foto, video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika bilan 3:3 hisobida durrang o‘ynadi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida 3 ta gol urildi.

“Andijon” aeroportida yangi aerodrom majmuasi qurilishi boshlandi
13 sentabr 2023, 09:38

“Andijon” aeroportida yangi aerodrom majmuasi qurilishi boshlandi

“Andijon” aeroportining yangi aerodrom majmuasi uchun uzunligi 3400 m, eni 60 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi quriladi, shuningdek, tungi vaqtda va og‘ir ob-havo sharoitida barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beruvchi yoritish moslamalari bilan jihozlanadi.

Namanganda kuyov diniy mazmundagi videolarni tarqatgani uchun jarimaga tortildi
13 sentabr 2023, 08:32

Namanganda kuyov diniy mazmundagi videolarni tarqatgani uchun jarimaga tortildi

Namangandagi to‘yda kuyov o‘zi arabcha libos, jumladan kelin burqa kiygani uchun emas, balki diniy mazmundagi videolarni Telegram`da tarqatgani uchun jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Adliya vazirligi. Avvalroq IIVning mazkur xabaridagi tushunarsiz talqin sabab tarmoqlarda muhokamalar yuzaga kelgandi.

12-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
12 sentabr 2023, 22:00

12-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqargan oltin-valyuta zaxiralari, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasidagi eng muhim bandlar, Toshkentda kuniga axlatga tashlanadigan 3 tonnaga yaqin non, avtobusning “garmoshka"sini yirtib yuborgan quduq qopqog‘i va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Liviyada suv toshqini tufayli 3000 dan ortiq odam halok bo‘ldi
12 sentabr 2023, 20:33

Liviyada suv toshqini tufayli 3000 dan ortiq odam halok bo‘ldi

“Daniel” to‘foni Liviya shimoli-sharqida halokatli suv toshqinlarini keltirib chiqardi, kamida 3000 kishi halok bo‘ldi va 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Mamlakat hukumati xalqaro yordam so‘ramoqda.

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi
12 sentabr 2023, 20:12

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanmoqda. “Maxsustrans” isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.

AQSh Eronning muzlatilgan 6 mlrd dollarlik aktivlaridan foydalanishga ruxsat berdi
12 sentabr 2023, 19:46

AQSh Eronning muzlatilgan 6 mlrd dollarlik aktivlaridan foydalanishga ruxsat berdi

Mahbuslar almashinuvi doirasida AQSh Eronning Janubiy Koreya bank hisoblarida muzlatilgan 6 mlrd dollarlik aktivlarini Qatarga o‘tkazishga ruxsat berdi. Mablag‘lardan faqat gumanitar savdo maqsadida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi
12 sentabr 2023, 18:05

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi. Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi
12 sentabr 2023, 17:48

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi

Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish muddati 2024-yil boshiga ko‘chirildi. Ilgari buni shu yilning iyul oyida boshlash rejalashtirilgandi.

Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadi “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga kiritilmadi
12 sentabr 2023, 17:03

Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadi “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga kiritilmadi

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish maqsad qilingandi. Bu vazifa “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasiga ham kiritilgandi, ammo hujjatning qabul qilingan variantidan joy olmadi.

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka”sini yirtib yubordi
12 sentabr 2023, 15:57

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka”sini yirtib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning “garmoshka”si yirtilgani aks etgan surat paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, yo‘ldagi quduq atrofi cho‘kishi sababli chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan.

O‘zbekistondagi barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi
12 sentabr 2023, 15:31

O‘zbekistondagi barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2024-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqardi
12 sentabr 2023, 15:11

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari so‘mning qadrsizlanishi va pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida ketma-ket beshinchi oy pasaydi. Avgust oyida zaxiralar deyarli 1 mlrd dollarga kamaydi va 32,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 3,08 mlrd dollarga kamaydi.

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12 sentabr 2023, 14:43

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Farrux Sharipov, Farxodjon Tashpulatov va Olim Omonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet
12 sentabr 2023, 14:25

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet

Iqlimshunoslarning fikricha, haqiqiy kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +20 darajadan pastga tushganda, yomg‘ir tez-tez yoqqanda boshlanadi. sentabr o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda hali “iqlimiy yoz” davom etmoqda.

Ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlar moliyalashtirilmaydi
12 sentabr 2023, 12:58

Ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlar moliyalashtirilmaydi

O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturi imzolandi
12 sentabr 2023, 12:51

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturi imzolandi

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma (TIPF) imzolagan mintaqadagi birinchi va dunyoda yettinchi davlat bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Seulda qator muzokaralar o‘tkazdi.

Endi o‘qishga kirolmagan abituriyentlar 5 ta yo‘nalishning birida super kontraktda o‘qishi mumkin
12 sentabr 2023, 11:57

Endi o‘qishga kirolmagan abituriyentlar 5 ta yo‘nalishning birida super kontraktda o‘qishi mumkin

O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga tanlagan 5 yo‘nalishidan birida super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Shuningdek, agar abituriyent 1-yo‘nalishga kirolmagan, biroq qolganlaridan birida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa, 1-yo‘nalishda super kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi
12 sentabr 2023, 11:34

Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga ko‘ra, endi maktablarda kompyuter savodxonligi darslari 1-sinfdan joriy etiladi. Shuningdek, 5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi.

Ikki va undan ortiq polosali yo‘llardagi “peshexod”larda svetofor o‘rnatish majburiy bo‘ladi
12 sentabr 2023, 10:58

Ikki va undan ortiq polosali yo‘llardagi “peshexod”larda svetofor o‘rnatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklariga svetoforlar o‘rnatish majburiy bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting