Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Doniyor Kamilovning Metropol Group kompaniyasi Sayilgoh ko‘chasidagi 22 qavatli mehmonxona majmuasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqchi. U yerda avval sobiq MXX binosi joylashgandi.
USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini boshladi. 25 mln dollarlik loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Dastur maktab ta’limi, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar malakasini inklyuzivlashtirishga xizmat qiladi.
IIV departamenti Toshkent shahri va Buxoro viloyatida yerni talon-toroj qilish holatlarini aniqladi. Ulardan birida tadbirkor yerini boshqa shaxsga 1 mln 340 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani, ikkinchisida esa ikki fuqaro hokimlik yerini 20 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.
Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.
Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.
23−29-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 2023-yilning noyabr oyida Yaponiya imperatori Naruxito farmoni bilan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan taqdirlangan edi. Toshkentda ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini qo‘llash bo‘yicha kelishib oldi, u Ukrainaga bosqinning ikki yilligi arafasida tasdiqlanadi. 200 ta kompaniya va jismoniy shaxslarga sanksiya qo‘yilgan. Sanksiyalar, shuningdek, Rossiyaning dronlar ishlab chiqarishini cheklaydi.
1-oktabrdan joriy etiladigan ijtimoiy karta, faoliyati to‘xtatib turilishi mumkin bo‘lgan turfirmalar, deportatsiya markazidan chiqarilgan Mubashshir Ahmad, IT sohasidagi yoshlar uchun imtiyoz va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Yevropa Ittifoqi davlatlari havo sifati standartlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2030-yilga kelib PM2,5-mayda zarrachalarining ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 25 mkg/m3 dan 10 mkg/m3 gacha kamayadi.
Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi. Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi unga huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan edi.
Toshkent shahrida tadbirkor qurilish uchun yer maydoni bo‘lmasa-da, ikki kompaniya orqali kottejlarni bo‘lib-bo‘lib, boshlang‘ich badal evaziga sotib olishni taklif qilgan. U 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, 1,4 mln dollarni xorijdagi valyuta birjasiga o‘tkazgan. Hozirda mablag‘larning bir qismini qaytarishga erishilgan.
Avvalroq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ozodlikka chiqdi. Oliy sudning nazorat organi uning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.
“Monya” nomi bilan tanilgan Munisaxon Alijonova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U odam savdosida ayblanib 2023-yildan beri qidiruvda edi. Bu yil boshidan buyon shu kabi ayblovlar bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan to‘rtinchi ayol hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting