Arxiv

Stereotiplar ayollarning maoshini pasaytiradi — Jahon banki tadqiqoti
30 avgust 2023, 18:31

Stereotiplar ayollarning maoshini pasaytiradi — Jahon banki tadqiqoti

Jahon banki iqtisodchisi ayollar va erkaklar maoshi bo‘yicha tadqiqoti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tajriba o‘tkazdi. Tadqiqot xulosasida maosh to‘lashda jinslar o‘rtasidagi farq saqlanib qolayotganiga asosan ayollarga nisbatan shakllangan stereotiplar sababchi ekani aytilgan.

Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasi e’lon qilindi
30 avgust 2023, 18:00

Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasi e’lon qilindi

Transport vazirligi Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda xaritaning boshqa norasmiy variantlari ham tarqaldi.

O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etiladi
30 avgust 2023, 17:26

O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etiladi

2-sentabrdan Xitoyning Xanchjou shahridagi Milliy ipak muzeyida an’anaviy o‘zbek so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlarini o‘z ichiga olgan 20 ta eksponat namoyish etiladi. “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da mintaqa mamlakatlarining 150 ga yaqin libosi ham taqdim etiladi.

O‘zbekiston CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarimfinaliga yo‘l oldi
30 avgust 2023, 17:05

O‘zbekiston CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarimfinaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha jahon chempionati (IESF World Esports Championship 2023) yarimfinaliga chiqdi. Jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi, chorak finalda esa Vengriyani mag‘lub etdi.

Uzbekistan Airways navbatdagi A320neo samolyotini qabul qilib oldi
30 avgust 2023, 16:30

Uzbekistan Airways navbatdagi A320neo samolyotini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways Xitoyning CALC kompaniyasidan 168 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi A320neo samolyotini sotib oldi. Karbonat angidrid chiqarishi 50 foizga kamaytirilgan “ekologik toza” havo kemasidan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi
30 avgust 2023, 15:19

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi bolalar ruhiy rivojlanishi va salomatligiga zarari sababli TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklashga qaror qildi.

YOII va MDH davlatlari ulushi kamayishi va YI bilan savdoning kengayishi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgarmoqda?
30 avgust 2023, 15:02

YOII va MDH davlatlari ulushi kamayishi va YI bilan savdoning kengayishi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgarmoqda?

Tovar aylanmasining o‘sish tempi pasayishi ortidan Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi maqomini yo‘qotmoqda. Xitoy O‘zbekiston bozoriga eksport hajmini keskin oshirdi va yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘zbekistonning YOII va MDHga bog‘liqligi kamayib, Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalari kengaydi.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi
30 avgust 2023, 14:27

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi

Zangiota tumanida bir kun avval bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola ko‘ngillilar yordamida qidirib topildi. Kechasi bolaning jasadi uy yaqinidagi quduqdan topilgan. Tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda.

1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?
30 avgust 2023, 14:19

1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

Talabalar uchun yangi turdagi stipendiya joriy etiladi, maktab direktorlariga qator huquqlar beriladi, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi o‘tkaziladi, ichki ishlar hodimlari fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitiladi, subsidiya endi onlayn ajratiladi — 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

“Oq-qovoq GES-10” yangilanish ishlaridan so‘ng qayta ishga tushirildi
30 avgust 2023, 13:00

“Oq-qovoq GES-10” yangilanish ishlaridan so‘ng qayta ishga tushirildi

29-avgust kuni “Oq-qovoq GES-10” stansiyasi modernizatsiyadan so‘ng yana ishga tushirildi va uning quvvati 39,7 MVtga yetkazildi. Loyiha qiymati 18,5 mln AQSh dollarini tashkil qildi.

Jizzax va Qashqadaryoga 50 dona Volkswagen Caddy tez yordam mashinasi tarqatildi
30 avgust 2023, 12:58

Jizzax va Qashqadaryoga 50 dona Volkswagen Caddy tez yordam mashinasi tarqatildi

Jizzakh Auto tomonidan 50 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomashinasini Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari uchun yetkazib berish boshlandi.

“Menga emas, xalqqa ko‘rsatish kerak”. Prezident Toshkentdagi yangi tibbiyot markazlariga bordi
30 avgust 2023, 12:51

“Menga emas, xalqqa ko‘rsatish kerak”. Prezident Toshkentdagi yangi tibbiyot markazlariga bordi

Shavkat Mirziyoyev “mamlakatdagi birinchi shunday imkoniyatga ega bo‘lgan” Milliy tibbiyot markazi, shuningdek, otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari markazidagi sharoitlar bilan tanishdi. U muassasalardagi jihoz va sharoitlarni prezidentga emas, balki xalqqa ko‘rsatish kerakligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi
30 avgust 2023, 12:09

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistondagi 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlar ro‘yxatini tuzdi. Bu yilgi reytingda rahbarlar ro‘yxatiga nodavlat sektor vakillari ham kiritildi.

Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi
30 avgust 2023, 11:50

Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi

Xitoyning China Railway Beijing Group kompaniyasi O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi. Tovarlarning birinchi partiyasi mamlakat shimolidagi Chjanjiaku shahridan Toshkentga 15 kun ichida yetib kelishi kutilmoqda.

Fransiya maktablarida musulmon abayyasini kiyish taqiqlanmoqda
30 avgust 2023, 11:45

Fransiya maktablarida musulmon abayyasini kiyish taqiqlanmoqda

Fransiya maktablarida yangi o‘quv yilidan musulmonlar libosi — abayya kiyish taqiqlanadi. Mamlakat ta’lim vazirining fikricha, o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi ularning dinini bildirib turmasligi kerak. Mamlakatda 2004-yildan beri maktablarga diniy ramzlar yoki kiyimlarda kelish mumkin emas.

G‘ijduvon shashligini tayyorlash uchun ruxsat olish va to‘lov qilish shart emas — Adliya vazirligi
30 avgust 2023, 10:57

G‘ijduvon shashligini tayyorlash uchun ruxsat olish va to‘lov qilish shart emas — Adliya vazirligi

Buxoroning G‘ijduvon shashligi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi (patentlandi). Tuman hokimi endi kim bu nomdagi shashlikni pishirmoqchi bo‘lsa, hokimiyatdan ruxsat olib, to‘lov qilishi kerakligini aytdi. Adliya vazirligi “Gazeta.uz”ga buning uchun hech qanday ruxsat va to‘lov shart emasligini bildirdi.

Interpol qidiruvidagi erkak Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
30 avgust 2023, 10:42

Interpol qidiruvidagi erkak Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Noqonuniy migratsiya, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish AQSh, Rossiya, Meksika, Turkiya va Panama davlatlari organlari yordamida amalga oshirildi.

Rossiyaning qator hududlariga dronlar hujum qildi. Pskov aeroportida 4 ta Il-76 samolyoti zararlandi
30 avgust 2023, 10:27

Rossiyaning qator hududlariga dronlar hujum qildi. Pskov aeroportida 4 ta Il-76 samolyoti zararlandi

Tunda Rossiyaning 6 ta hududiga, jumladan, Pskovdagi xalqaro aeroportga dronlar hujumi uyushtirildi. Voqea oqibatida 4 ta Il-76 samolyoti zarar ko‘rdi va yong‘in yuzaga keldi. Boshqa hududlarda uchuvchisiz texnikalar havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.

Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
30 avgust 2023, 10:08

Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Muhammad Monirul Islom Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.

Prezident bolalar bilan telefonning foyda va zararlari haqida suhbatlashdi
30 avgust 2023, 10:02

Prezident bolalar bilan telefonning foyda va zararlari haqida suhbatlashdi

Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan kitobxonlikning afzalliklari, zamonaviy telefonlarning ijobiy va salbiy tomonlari haqida gaplashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting