Arxiv

Yangiariq tumaniga hokim v.b. tayinlandi
30 avgust 2023, 09:20

Yangiariq tumaniga hokim v.b. tayinlandi

Kamal Atajanov X️orazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi
29 avgust 2023, 23:56

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi

Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.

O‘zbekiston prezidenti yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi
29 avgust 2023, 23:43

O‘zbekiston prezidenti yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi

“Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi”. O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi. Foto.

Toshkent Uy-joy kommunal bosh boshqarmasi Qurilish vazirligiga qaytarildi
29 avgust 2023, 21:03

Toshkent Uy-joy kommunal bosh boshqarmasi Qurilish vazirligiga qaytarildi

2018-yildan buyon huquqiy eksperiment doirasida poytaxt hokimiga bo‘ysungan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi yana Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

BMT: Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni 9500 dan oshdi
29 avgust 2023, 19:22

BMT: Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni 9500 dan oshdi

Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada tinch aholi o‘limi soni 9,5 mingdan oshdi, 17 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi BMT.

Toshkentda Bojxona rasmiylashtiruvi markazi ishga tushdi
29 avgust 2023, 17:58

Toshkentda Bojxona rasmiylashtiruvi markazi ishga tushdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Bojxona rasmiylashtiruvi markazi bilan tanishdi. Unda masofaviy elektron deklaratsiyalash, xavflarni boshqarish va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Markaz rasmiylashtiruv vaqtini 2 baravarga qisqartiradi. Tizim faoliyatiga tadbirkorlar baho berishi kerak, dedi prezident.

Prezident maktablari dasturi O‘zbekistondagi barcha maktablarda joriy etiladi
29 avgust 2023, 17:51

Prezident maktablari dasturi O‘zbekistondagi barcha maktablarda joriy etiladi

Besh yil ichida O‘zbekistondagi barcha maktablarda hozirda Prezident maktablarida qo‘llanayotgan o‘quv dasturlari va baholash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Joriy yilda yangi darsliklar chop etishga 920 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

So‘rovnoma: Maktab bozoriga qancha sarfladingiz?
29 avgust 2023, 16:32 1

So‘rovnoma: Maktab bozoriga qancha sarfladingiz?

4-sentabrdan maktablarda o‘quv yili boshlanadi. Shu bois ayni kunlarda bozorlar xaridorlarga to‘la, kimdir maktab formasini, yana kimdir o‘quv qurollarini sotib olyapti. “Gazeta.uz” ota-onalar maktab bozoriga qancha pul sarflayotgani va ularning narx-navo borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Video.

BMT davlatlarni bolalarni iqlim o‘zgarishi ta’siridan himoyalashga chaqirdi
29 avgust 2023, 15:56

BMT davlatlarni bolalarni iqlim o‘zgarishi ta’siridan himoyalashga chaqirdi

BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zo davlatlar uchun bolalarning atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda nima qilishlari kerakligi haqidagi yo‘riqnomani e’lon qildi. Unda aytilishicha, davlatlar o‘z chegaralari va undan tashqarida ham atrof-muhitga yetgan zarar uchun javobgar bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Afg‘onistonga protein va vitaminlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
29 avgust 2023, 15:22

O‘zbekiston Afg‘onistonga protein va vitaminlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 1 mln dollarlik protein va vitaminlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 25 kungacha bo‘lgan muddatda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuv loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.

O‘qituvchilarni ishga qabul qilish va malakasini oshirish tizimi “to‘liq o‘zgaradi” — prezident
29 avgust 2023, 14:53

O‘qituvchilarni ishga qabul qilish va malakasini oshirish tizimi “to‘liq o‘zgaradi” — prezident

Maktab o‘qituvchilarini ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifalarini berish tizimi “to‘liq o‘zgaradi”, dedi prezident. O‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadi va tabaqalashtirilgan tartibda malakasi oshiriladi.

O‘zbekistonlik taekvondochi o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi
29 avgust 2023, 14:26

O‘zbekistonlik taekvondochi o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bosniya va Gersegovinada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Islombek Axchurin oltin medalga ega chiqdi.

Asialuxe Travel O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohatga taklif qilmoqda
29 avgust 2023, 13:00

Asialuxe Travel O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohatga taklif qilmoqda

Yaqinda Asialuxe Travel milliy turoperatori yangi xizmat turi — O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ichki sayohat safarlarini e’lon qildi: Samarkand City Break va Bukhara City Break.

Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasi yuklatildi
29 avgust 2023, 12:38

Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasi yuklatildi

Bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Salom Samadov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.

Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi
29 avgust 2023, 12:21

Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

Pokiston va O‘zbekiston bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi
29 avgust 2023, 11:41

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi

Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Qoraqalpog‘istonga adliya vaziri tayinlandi
29 avgust 2023, 11:23

Qoraqalpog‘istonga adliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

2024-yilda maktablarda 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
29 avgust 2023, 10:59

2024-yilda maktablarda 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

2024-yilda O‘zbekiston maktablarida 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Investitsiya dasturida maktablar qurilishiga 3 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yaqinda maktablarda 1,2 mln o‘quvchi o‘rni yetishmayotgani aytilgandi.

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident
29 avgust 2023, 10:41

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident

2024-yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, ularning o‘rinbosarlari ish haqini esa 30 foizga oshirish reja qilinyapti, deya ma’lum qildi prezident. Og‘ir maktablar uchun davlat granti asosida maqsadli pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
29 avgust 2023, 10:19

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

30−31-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting