“Do‘stlar klubi” O‘zbekiston madaniyat muassasalariga 85 mlrd so‘mlik xayriya yordamini ko‘rsatdi, dedi prezident. Uning fikricha, metsenatlik harakatini doimiy ishlaydigan tizimga aylantirish kerak.
Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.
Tadbir butun Chery modellari qatori egalarini birlashtirdi: Arizzo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max krossoverlarigacha. Avtomashinalarining katta karvoni Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi.
Davlat soliq qo‘mitasi “Gazeta.uz” muxbirining YandexGo UB qachondan soliq to‘lashni boshlashi, Yandex`ning boshqa kompaniyalardan farqi, sohadagi raqobat muhiti va nima uchun qo‘mita bu masalaga ehtiyotkor yondashayotgani haqidagi savollariga javob berdi.
Avgust oyida yopilgan “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi. Yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 4 daqiqagacha qisqartiriladi.
Asialuxe Travel milliy turoperatori Turkiyaga sayohatlarni erta band qilish haqida gapirib berdi, shuningdek, ushbu hizmatning sayoxlar uchun afzalliklari bilan o‘rtoklashdi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning yoshlar bilan uchrashuvida 12 yoshli bola kitoblar yetishmagani uchun “Yosh kitobxon” tanlovida yuta olmaganini, shu sabab mahallasiga kutubxona qurib berishni so‘radi. Hokim kutubxona bir oyda qurib berilishini, uni bolaning o‘zi boshqarishini aytdi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev diniy e’tiqod niqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas jaholatga undayotgan kishilar paydo bo‘layotganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Haj va Umra ziyoratiga borib kelganlar orasida o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, manmanlikka berilish kabi holatlar kuzatilayotganini tanqid qildi.
DXX Rossiya va Turkiyadan keltirilgan qalbaki 528 150 AQSh dollari miqdoridagi kupyuralarni muomalaga kiritishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi.
O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda 23-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Olot, Qarshi va Termizga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
“Yil bestsellerlari 2023” reytingida asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 kitob o‘rin oldi.
Prezident farmoni bilan 2024-yil 2-yanvar qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. Shunga ko‘ra, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun (30-dekabr — 2-yanvar) dam oladi.
“Bayram” salat-torti, stakandagi “mimoza”, “Shuba ostidagi seld balig‘i” ruleti, dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat, steyk va karamellangan nokli salat, kolbasa va yashil no‘xatli olivye va boshqalar — Zira.uz`dan Yangi yil dasturxonini bezash uchun turli salatlar retsepti.
O‘zbekistonda 2024-yildagi qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 22-mart, 11-aprel, 18-iyun, 3-sentabr va 31-dekabr barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.
Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uni asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi. Loyiha Toshkent shahar hokimligiga kiritildi.
Ishbilarmonlik uchrashuvida tadbirkorlar ekologik toza loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajribalari haqida gapiradi. Asosiy mavzular: energiya inqirozi davrida yangicha isitish tizimlari va qishloq xo‘jaligida suvni tejash yo‘llari. Har kim o‘z eko-loyihalarini taqdim etishi va muhokama qilishi mumkin.
BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Toshkentdagi yerosti o‘tish joyida ayollar xavfsizligiga bag‘ishlangan devoriy rasm yaratdi. Mualliflarning ta’kidlashicha, aynan shunday yopiq joylarda ayollar o‘zlarini himoyasiz his qilishadi, shu sababli ko‘chalarni hamma uchun xavfsiz ko‘rinishga keltirish muhimdir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting