Asaka tumanidagi «Xalq banki» filiali xodimlari 158 nafar fuqaroning jami 90,3 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan. Bundan tashqari, bank filiali sobiq rahbari va boshqalar kredit mablag‘ini to‘liq so‘ndirish uchun to‘langan 58 mln so‘mni bankka kirim qilmasdan o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektori o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Tokio Olimpiadasiga sportchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Seoul Riverside turar-joy majmuasi — bu shaxsiy vaqti, shuningdek, qulaylik va jimjitlikni qadrlovchilar uchun haqiqiy topilma. Siz ham ushbu turar-joy majmuasidagi uylardan birining egasiga aylaning va barcha qulayliklarga ega bo‘ling (Reklama huquqlari asosida).
Jamshid Babajanov Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Toshkentdagi “G‘alaba qo‘shiqlari” deb nomlangan konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganini haqorat va provokatsiya deb atadi. U Bosh prokuraturani vaziyatni baholashga chaqirdi.
Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir qiz notanish yigit tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Roppa-rosa besh yil oldin toshkentliklar tramvaydan — shaharning 115 yillik tarixining bir qismidan mahrum bo‘lishdi. Tramvayni Samarqandga ko‘chirib o‘tishdi, ammo uning qo‘riqchilari poytaxtda qolishdi. Abdimurat Shatursunov hayotining 30 yilini yengil temir yo‘l transportiga bag‘ishladi. U vagonda rafiqasini uchratdi, farzandining dunyoga kelishini nishonladi va tramvayning g‘ildiraklari ovozi ostida nafaqaga chiqishni xohlardi. Ammo g‘ildiraklar vaqtliroq to‘xtashdi. Shatursunov Toshkent tramvayini qay holatida eslaydi va nima uchun hali-hanuz jamoat transportiga xizmat ko‘rsatishda davom etyapti — Sabina Bakayeva reportajida.
O‘zbekiston Hindistonga mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari va turli dori vositalaridan tarkib topgan insonparvarlik yordamini yubordi.
Turkiyadagi epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi sababli «Uzbekistan Airways» kompaniyasi 17 mayga qadar mamlakatga bir qator aviaqatnovlarni bekor qildi.
Toshkent tramvayining bir necha vagonlari besh yildan buyon Samarqandga jo‘natilishi kutilmoqda. 2-sonli tramvay deposi hududi sotilgandan so‘ng, ular poytaxtning 12-sonli avtobus parkiga ko‘chirildi. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin avtobus parkidan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasida ishtiroki, YeCHL va YeL musobaqasida yarim final uchrashuvlari, o‘zbekistonlik bokschi qizga sovg‘a qilingan Nexia-3 avtomobili va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 6-tur uchrashuvini «Istiqlol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:2 hisobi qayd etildi va unda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 10 gektar yerni noqonuniy ravishda 1,9 mln dollarga sotishga uringan olti nafar fuqaro ushlandi.
Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish me’yorlari tasdiqlandi. Endilikda, vazirlar uchun xizmat mashinasining eng yuqori narxi 490 mln, hokimlar uchun esa 245 mln so‘m etib belgilandi.
Hindistonning Bharux shahridagi kasalxonada yong‘in yuzaga kelib, 18 kishi vafot etdi. Yong‘in koronavirus bilan kasallanganlar bo‘limida ro‘y bergan.
Davlat tili to‘g‘risidagi bahs va munozaralarda turli xil xorijiy mamlakatlarning bu boradagi qonunchiligi va talablari misol qilib keltirilmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov ushbu davlatlar tajribasini fact-checking asosida tahlil qildi.
Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Zira.uz siz hali ta’tib ko‘rib ulgurmagan 6 ta mazali salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
5 yil oldin Toshkent tramvayining 115 yillik tarixi o‘z nihoyasiga yetdi. Tramvay liniyalarining yopilishidan oldin poytaxt qanday ko‘rinishda edi va bugun ularning o‘rnida nimalar paydo bo‘lgan — “Gazeta.uz"ning maxsus fotojamlanmasida.
«Mehr-5» operatsiyasi doirasida 93 nafar o‘zbekistonlik — 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Suriyadan Toshkentga olib kelindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting