Arxiv

Carvon (UNG Petro) zapravkalarida Ai-80 benzini narxi 8150 so‘mgacha ko‘tarildi
2 yanvar 2025, 12:33

Carvon (UNG Petro) zapravkalarida Ai-80 benzini narxi 8150 so‘mgacha ko‘tarildi

1-yanvardan O‘zbekistonda avvalroq xususiylashtirilgan eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalaridan bo‘lmish Carvon (UNG Petro) tarmog‘ida Ai-80 markali benzin 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha qimmatlashdi. Yillik hisobda narx deyarli 34 foizga oshdi.

AQShda mashina odamlar orasiga kirib bordi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar
2 yanvar 2025, 08:50

AQShda mashina odamlar orasiga kirib bordi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar

AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Hujumda AQSh fuqarosi, armiya sobiq xizmatchisi gumonlanmoqda. Uning mashinasidan ISHID bayrog‘i topilgan va hodisa “terrorchilik harakati” sifatida tekshirilmoqda.

Xotira: 2024-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar
1 yanvar 2025, 18:41

Xotira: 2024-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar

2024-yilda vafot etgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova, bosh vazir o‘rinbosari Erkin Samandar, akademik Behzod Yo‘ldoshev, “Boysun madonnasi"ni chizgan Vladimir Burmakin, xalq artistlari To‘lqin Tojiyev va Shafoat Rahmatullayeva, xonanda Bobomurod Hamdamov, bastakor Musaxon Nurmatov va boshqalarni xotirlaymiz.

2024-yilgi O‘zbekiston — fotosuratlarda
1 yanvar 2025, 16:01

2024-yilgi O‘zbekiston — fotosuratlarda

Yakuniga yetgan 2024-yil ko‘plab muhim, quvonchli va ayanchli voqea-hodisalari bilan yodda qoldi. “Gazeta.uz” o‘tgan yil qanday kechganini fotosuratlar orqali xotirlashga taklif etadi.

Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi
1 yanvar 2025, 13:18

Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi

Toshkent viloyatidagi Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining bir qismida harakat 12-yanvargacha bir tomonlama tashkil etiladi.

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
1 yanvar 2025, 10:20

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

31-dekabr kuni Toshkent shahrida bir tasmada ketayotgan BMW, Lacetti, Cobalt, Matiz va Spark oldinma-ketin bir biriga urildi. Hech kim jarohat olmadi.

Prezident: Inson qadri uchun, inson baxti uchun birgalikda harakat qilamiz
1 yanvar 2025, 00:02

Prezident: Inson qadri uchun, inson baxti uchun birgalikda harakat qilamiz

Shavkat Mirziyoyev yangi yil tabrigida 2024-yil “barqarorlik, do‘stlik va hamjihatlik natijasida” qutli va barakali bo‘lganini ta’kidladi. “Asosiy maqsadimiz inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishdir”, — dedi u.

JST talablariga javob berish maqsadida eksportchilar xarajatlarini kompensatsiyalash to‘xtatilmoqda
31 dekabr 2024, 21:25

JST talablariga javob berish maqsadida eksportchilar xarajatlarini kompensatsiyalash to‘xtatilmoqda

O‘zbekistonda eksportchilarning transport xarajatlarini davlat budjetidan subsidiyalash amaliyoti bekor qilinmoqda. Ushbu chora JST talablariga javob berish uchun qabul qilindi. Bu maqsadlar uchun 2024-yilda 133,8 mlrd so‘m, 2023-yilda 509,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgandi.

O‘zbekiston 2024-yilda: siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi asosiy voqeliklar
31 dekabr 2024, 18:11

O‘zbekiston 2024-yilda: siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi asosiy voqeliklar

2024-yilda O‘zbekistonda parlament saylovi bo‘ldi, energiya tariflari keskin oshdi, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida uzoq kutilgan qonun qabul qilindi, mamlakat Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘alabalarga erishdi… O‘tayotgan yil yakunlari — “Gazeta.uz” obzorida.

Prezident davlat sirlari to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Asosiy ma’lumotlar
31 dekabr 2024, 15:56

Prezident davlat sirlari to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident 1993-yildagi eski qonun o‘rnini bosuvchi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilandi.

Test: Yangi yil filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
31 dekabr 2024, 12:06

Test: Yangi yil filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Yangi yil bayrami kunlari telekanallar ba’zi filmlarni qayta va qayta qo‘yadi. Ba’zida hatto bir necha telekanal bir filmni bir vaqtda ko‘rsatadi. Shuning uchun deyarli hamma bu kinolar haqida barchasini biladigandek. Aslida-chi? Testimizni yechib ko‘ring.

Noqonuniy migrantlar 2025-yil 30-aprelgacha Rossiyadan chiqib ketishi kerak
31 dekabr 2024, 09:09

Noqonuniy migrantlar 2025-yil 30-aprelgacha Rossiyadan chiqib ketishi kerak

Rossiyada bo‘lgan noqonuniy migrantlar o‘z maqomini tartibga solishi yoki 2025-yil 30-aprelgacha mamlakatdan chiqib ketishi shart, bu haqda Putin farmon imzoladi. Harbiy xizmatni o‘tash uchun Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi.

O‘simlik yog‘ini olib kirishda nol boj stavkasi uzaytirildi, ammo bu gal parranda go‘shti bilan bunday bo‘lmadi
30 dekabr 2024, 22:13

O‘simlik yog‘ini olib kirishda nol boj stavkasi uzaytirildi, ammo bu gal parranda go‘shti bilan bunday bo‘lmadi

O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, o‘simlik yog‘i importida bojxona bojining nol stavkalari 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, parranda go‘shtini olib kirish bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirmaslikka qaror qilindi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston “yashil” energetika koridori to‘g‘risida ta’sis shartnomasini imzoladi
30 dekabr 2024, 21:13

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston “yashil” energetika koridori to‘g‘risida ta’sis shartnomasini imzoladi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon magistral elektr tarmoqlari operatorlari “yashil” energiya koridori loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi.

“Maqsad — yangilik va go‘zallik bilan hayratlantirish”. Andijondagi 10 gektarlik atirgulzordan reportaj
30 dekabr 2024, 19:45 1

“Maqsad — yangilik va go‘zallik bilan hayratlantirish”. Andijondagi 10 gektarlik atirgulzordan reportaj

Andijondagi Xo‘jamovlar oilasi bir necha yildan buyon atirgul yetishtirib, ko‘chatlarini chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda oila 10 gektarga yaqin yer maydonida atirgulning 500 dan ziyod turini parvarish qilyapti. “Gazeta.uz” muxbiri mazkur atirgulzorda bo‘lib, uning egalari bilan suhbatlashdi.

Bayden Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
30 dekabr 2024, 17:40

Bayden Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden “qishga kirib borayotgan” Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ushbu yordam havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari va “boshqa o‘ta muhim qurol-yarog‘lar”ni o‘z ichiga oladi.

Yangi yil dasturxoni: bayramdan “omon” chiqish bo‘yicha tavsiyalar
30 dekabr 2024, 17:19

Yangi yil dasturxoni: bayramdan “omon” chiqish bo‘yicha tavsiyalar

Yangi yil dasturxoniga tortiladigan ne’matlar xilma-xilligidan oshqozonni qiynab qo‘yish hech gapmas. Foydali bo‘lar deya, bu materialda bayram kunida ovqatlanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida SSV bergan tavsiyalarni keltiryapmiz. Yoqimli ishtaha!

O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar apreldan QQS to‘lovchiga aylanadi
30 dekabr 2024, 15:24

O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar apreldan QQS to‘lovchiga aylanadi

2025-yil aprelidan O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi. QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan avtomatik shakllantirib boriladi.

O‘zbekistonda 2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi
30 dekabr 2024, 14:59

O‘zbekistonda 2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi

Prezident farmoni bilan QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilgacha oshirilmaydi. Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi.

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi
30 dekabr 2024, 14:41

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibini tasdiqladi. 46 nafar tadbirkorlar orasida Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxo‘jayev, Murod Nazarov, Click, Amirsoy ta’sischilari va boshqalar bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting