Twitter o‘z logotipini “X” belgisiga o‘zgartirdi. Shuningdek, Mask platformaning standart rangini qoraga almashtirishni taklif etgan.
22-iyul kuni Xitoyda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Ley Tinsze va amaldagi chempion Szyuy Venszyun g‘oliblik uchun kurash olib bordi va unda Venszyun o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.
Toshkent hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxt irrigatsiya-drenaj tizimi obyektlarini elektron xaritaga tushirdi. Mutaxassislar bu tizim nimalardan iborat ekani, nega Toshkentni muntazam suv bosayotgani va muammoni hal qilish yo‘llari haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.
Deputat Alisher Qodirovning kambag‘allikda odamlarning o‘zini ayblagan posti muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Uning hamkasbi Doniyor G‘aniyev buni “aporofobik diskriminatsiya” deya baholadi. “Gazeta.uz” ikki deputatning tarmoqlardagi bahsini bir sahifaga jamladi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat IIBBga ko‘ra, 39 yashar erkak ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turadi. U davolanish uchun yotqizilgan.
Yangi Toshkent investorlari, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari hamda direksiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod etiladi.
Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslikka va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi. Bunday fuqarolar “bosqinchilarning sheriklari sifatida ko‘rib chiqiladi va javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi murojaatda.
Kollej va texnikumlarning qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘qishga topshirgan xotin-qizlarga to‘liq grant joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatda 3 yoshgacha bolasi bor o‘quvchilarga masofaviy ta’limga ruxsat berish ham nazarda tutilmoqda.
Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 10 ta mavze hamda Sholichilik institutining qishloq xo‘jaligi yerlari Yangi Toshkent shahriga ajratiladi. Yerlarning toifasi o‘zgartirilgani uchun qishloq va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya undirilmaydi.
Surxondaryo viloyatida Hukumat qarori bilan 2018-yil tugatilgan YPX postlari qayta tiklandi. Viloyat YHXB matbuot xizmati rahbari ta’kidlashicha, postlar vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatadi.
Boshlangan haftada O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +39…+42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek, shimolda +43…+44 darajaga yetadi. 27-iyuldan Qozog‘istondan nisbatan salqin havo kirib kelishi hisobiga harorat biroz pasayadi.
Toshkentdagi eng xavfli piyodalar o‘tish joylaridan biri — Bunyodkor shohko‘chasidagi Qonunchilik palatasi binosi yaqinida navbatdagi YTH bo‘ldi. Lacetti katta tezlikda Damas ortiga urildi, oqibatda Damas ko‘chani kesib o‘tayotgan ayolni turtib yubordi. YHXBga ko‘ra, piyoda tirik, kasalxonaga murojaaat qilinmagan.
Tijorat banklari 24-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 540−11 610 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 660−11 670 so‘m.
DXX tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti dekani o‘rinbosari 16 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
24-iyul tongida Moskvaga ikkita dron hujum qildi. Biri biznes markaziga, ikkinchisi Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yaqiniga quladi. Dronlar Ukrainaga tegishli ekani da’vo qilinmoqda.
“Faqat yaxshi inson bo‘lish kerak, bo‘ldi. Qilma deganni qilish kerakmas. Qil deganni qilish kerak. Oq bilan qorani ajratib olinglar oldin”. IIB xodimlari bog‘chada tarbiyaviy soat o‘tkazdi. Ta’lim boshqarmasi internet foydalanuvchilari videoni noto‘g‘ri tushunishganini qayd etdi.
Ukrainaning bosib olingan Gorlovka hududida Rossiya armiyasi safida O‘zbekiston fuqarolari aniqlandi. Ukraina QK Bosh shtabi o‘zbekistonliklar Mariupolga qurilish ishlari uchun kelgani, biroq ularning pasportlari olib qo‘yilib, ko‘ngilli sifatida safarbar etilganini ma’lum qildi.
Rossiyaning navbatdagi raketa hujumi natijasida Ukrainaning Odessa shahrida bir kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Zarba shaharning tarixiy markazidagi kamida 25 ta obidaga zarar yetkazgan. Odessadagi eng katta pravoslav cherkovi — Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi.
Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Kosimov (Toshkentning sobiq prokurori) Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan birini qamash haqida ko‘rsatma berdi. Hokimlik esa fermerlar kamchiliklarni bartaraf etgani uchun hech kim qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda erkak kishining yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Olmaliqda sodir bo‘lgani va videodagi shaxsning ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turishini ma’lum qildi. Ayni paytda erkak davolanishga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting