O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Eronga bordi. Tehrondagi “Mehrobod” xalqaro aeroportida uni mamlakat sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi. Pastdarg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Viloyat FVB holat yuzasidan murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.
Adliya vazirligi yangi — “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish imzolar yetarli bo‘lmagani sababli rad etilganini bildirdi. Partiyaga birlashmoqchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatiga vafot etganlar, voyaga yetmaganlar va xorijda yashayotganlarning ham imzolari kiritilgani ma’lum bo‘ldi.
Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan va Andijon shaharlaridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi reyslar soni haftasiga 38 tadan 50 taga yetkaziladi.
Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa 2022-yil dekabridan beri viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Rahimov saylandi.
“O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Rozuqulov Gimnastika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha federatsiyani kompaniyaning avvalgi rahbari Shavkat Umurzoqov boshqarib kelgan.
O‘zbekiston prezidenti 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Eronga boradi. Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat oliy diniy rahbari Ali Xomanaiy bilan uchrashadi.
Toyloq tumanida hokimiyat zaxirasidagi 18 sotix yerni 75 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent IIBBda qiynoqqa solingan tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayev prezidentga murojaat yo‘lladi. Shundan so‘ng ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari a’zolari u bilan uchrashdi. Tadbirkor uni qiynoqqa solgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qildi.
Yangi shartnoma bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga quvur orqali qariyb 6 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, deb yozmoqda “Kommersant’”. Tahlilchilarga ko‘ra, “Gazprom” gazi O‘zbekistonga o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi, biroq Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha shartnomani bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Endi kam ta’minlangan, ruhiy holati buzilgan va o‘z huquqlari buzilgan shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin. Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Prezident farmoyishi bilan 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.
Samarqandda erkak chet elda ishlovchi xotini bilan janjallashib, jahl ustida ikki qiz va bir o‘g‘lini o‘ldirdi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Uzbekistan Airways 19 va 20-iyun kunlari Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha parvoz amalga oshiradi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
Kitob tumanida qo‘lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi oqibatida ikki kishi jarohatlandi, ulardan biri shifoxonada vafot etdi.
Velosipedchi Andrey Barishev Mustaqillik shoh ko‘chasida prezident korteji o‘tishidan sal avval fuqaro kiyimidagi shaxs tomonidan kaltaklandi. “U menga hech kim emasligimni aytib baqirdi, soqolimdan tortdi, yuzimga urib, haqoratladi… Nega ular odamlarga huquqi yo‘q hayvondek munosabatda bo‘lishadi?” — deydi u.
Turkcha pide, burek, simit, menemen, turkcha ratatuy, tayyor filo xamiridan pistali paxlava va boshqalar — Zira.uz mashxur turk oshxonasiga mansub taom va shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 6 ta tumanida 2 dan 4 ballgacha yer silkinishi qayd etildi. Epitsentr Sariosiyo tumani bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting