IIV matbuot kotibi har payshanba kuni AOKAda ochiq muloqotni ta’minlash uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan bir hafta oldin publitsist va bloger Shokir Sharipov tizimda davom etayotgan muammolar tufayli IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirgandi.
O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.
Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).
Yaqin fursatlarda Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishi nisbatan sud muhokamalari boshlanadi. Tomonlar birin-ketin sud zaliga kirib kelmoqda, OAV vakillari uchun esa maxsus matbuot markazi tashkil etilgan. Hozircha ayblanuvchilarning advokatlari va prokuratura xodimlari yetib kelishdi.
28 noyabr kuni tijorat banklari 1 AQSh dollarini 11 300 so‘mdan sotishni boshladi. Sotib olish esa 11 210 — 11 280 so‘m oralig‘ida.
Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
F guruhidan joy olgan Xorvatiya — Kanada bahsida xorvatlar o‘z raqiblariga xalqaro musobaqalarda tajribaning qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. E guruhidagi Ispaniya — Germaniya qarama-qarshiligida esa tomonlar bittadan gol urishdi durang qayd etishdi.
Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.
E va F guruhidan joy olgan Yaponiya — Kosta-Rika, Belgiya — Marokash bahslarida kutilmagan natijalar qayd etildi. O‘tgan turda Germaniyani mag‘lub etgan Yaponiya, Ispaniyadan katta hisobda mag‘lubiyatga uchragan Kosta-Rikaga yengildi. Shuningdek, Marokash ham Belgiya terma jamosini dog‘da qoldirdi.
1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ochiq sud dushanba kuni Buxoroda boshlanadi. 22 kishi, shu jumladan, D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanovlar ayblanuvchi hisoblanadi. Ayblov 11 ta modda — bezorilikdan tortib, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish doirasida e’lon qilindi.
Toshkentlik vatandoshimiz Kamola Mahmudova 25 yildirki O‘zbekistonda yashamaydi, ammo bu uning saratonga chalingan bolalarga yordam berishi va Buxoroda daraxt ekishiga to‘sqinlik qilmaydi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida ona yurtiga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda prezident Administratsiyasi rahbarining hududlarda faoliyat yurituvchi va xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yordamchilari lavozimi joriy etiladi. Prezidentning ikki maslahatchisi lavozimlari birlashtirildi. Xalq qabulxonalari xodimlari ma’muriy bayonnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi.
C va D guruhidan joy olgan Tunis — Astraliya, Polsha — Saudiya Arabistoni, Fransiya — Daniya, Argentina — Meksika qarama-qarshiliklari «syurpriz»larsiz o‘tdi. Levandovski o‘zining Jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi. Messi o‘yinning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi. Mbappe esa dubl qayd etdi.
O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining raisi etib Ubaydulla Mingboyev qayta saylandi.
Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha 2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.
Tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohishalikka majburlab kelgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.
Andijonda 3 kishining o‘limi, 38 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yirik to‘qnashuvga yo‘l ta’mirlash korxonasining o‘zboshimchaligi sabab bo‘lgani aniqlandi. Korxona YHXX organlari bilan kelishmagan holda yo‘lning bir tomonida qarama-qarshi harakatni tashkil etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mobil telefonlarni ro‘yxatga olish sohasidagi hamkorlik doirasida yo‘qolgan va o‘g‘rilangan IMEI-kodlarning yagona «qora ro‘yxati»ni yaratishga kelishib oldi.
Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting