O‘zbekistonda 30-aprel kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz” ovoz berish jarayonida qatnashgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar suratlarini jamladi.
Toshkentdagi 772-saylov uchastkasida referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket 16 byulletenni to‘ldirib, “Ha” katagiga belgi qo‘ygani holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda.
Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida 13 kun ichida ikki YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 nafar shaxs vafot etdi.
O‘zbekistonda 30-aprelda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. 8:00 da ochilgan referendum uchastkalari 20:00 ga qadar ovozlarni qabul qildi. “Gazeta.uz” ayrim uchastkalarda, xususan, prezident Shavkat Mirziyoyev ovoz bergan joyda byulletenlarni sanash jarayonini kuzatdi. Foto, video.
Oliy ta’lim vazirligi universitetlar ma’muriyatlari talabalarni referendumda ovoz berishga majburlayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik talabalarni huquqlari buzilgan taqdirda, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.
Markaziy saylov komissiyasi uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket bir nechta saylov byulletenining “Ha” katakchasiga belgi qo‘ygani aks etgan videoga munosabat bildirdi. MSKning ma’lum qilishicha, u o‘zboshimchalik bilan 16 ta byulletenni oila a’zolari nomidan to‘ldirgan. Tergovga prokuratura jalb qilingan.
Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
Referendumda ovoz berganlar ulushi 17:00 holatiga 81,39 foizga yetdi, deya ma’lum qildi MSK vakili Bahrom Qo‘chqorov. U ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan qonun buzilishi holatlari borligini tan oldi, ayni vaqtda qonunbuzarliklar haqidagi xabarlar orasida haqiqatga zidlari ham borligini aytdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendumda ovoz berish uchun sog‘lig‘i tufayli saylov uchastkasiga tashrif buyura olmaydigan fuqarolar uyda ovoz berishmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari uchastka komissiyalari a’zolari bilan ularning uyiga tashrif buyurdi.
UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tomonidan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan boshlab to‘xtatildi. Aksiya davomida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘mdan sotildi.
Eng yuqori faollik Sirdaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilmoqda — soat 15:00 holatiga qariyb 80 foiz fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Vladivostok, Tokio, Seul, Kvangjuda ovoz berish yakuniga yetdi. MSK internetda berilayotgan qonun buzilishi holatlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Shohrux Aminov jurnalistlar va kuzatuvchilarni ehtimoliy qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishga chaqirib, aynan qanday holatlar qonun buzilishi deb hisoblanishini eslatib o‘tdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi, deya ma’ulm qildi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Soat 13:00 holatiga 12 milliondan ortiq kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilarning 62,24 foizi ovoz berib bo‘lgan.
O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ishtirok etdi.
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 9 679 nafar shaxslar ovoz berishi mumkin, deya ma’lum qildi IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev. Uning bildirishicha, soat 11:00 ga qadar qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ariza yoki xabar kelib tushmagan.
O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 ga ko‘ra 6,82 million nafardan ortiq fuqaro ovoz berdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi referendum uchastkalarida bir qator qoida buzilishi holatlarini qayd etdi. Eng ko‘p kuzatilgan holat — oila a’zolari uchun ovoz berishdir. Shuningdek, jurnalistlar kuzatuvchilarning sust ekanligiga ham e’tibor qaratgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendumda ovoz berdi.
Toshkentdagi bir qator uchastkalarda ovoz berish jarayonining ilk soatidayoq “10−15 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi”. Ayrim referendum uchastkalari gavjum. Ovoz berishga farzandlari bilan kelayotganlar kam emas. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Toshkent vaqti bilan ertalab soat 4:00 da O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vakolatxonalarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi referendumini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki referendum uchastkalari ochildi. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting