Jizzax shahridagi 11-maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini kaltakladi. Voqeaga bolalarning qizga gap otgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
16−23 fevral kunlari Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida o‘lim bilan bog‘liq 4 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 6 nafar inson vafot etdi.
O‘zbekistonda hafta davomida havo asta-sekin isib, harorat kunduzi +22 darajagacha yetadi. 27−28 fevral kunlari tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor. 3 martda esa Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘istonliklar ilk bor milliy taom — juo‘yeri gurtik bayramini o‘tkazdi. Tashabbus jamoatchilik tomonidan ilgari surildi. Taomning eng katta porsiyasi Nukusdagi prezident maktabida tayyorlandi. Bayramni boshqa mamlakatlarda yashovchi qoraqalpog‘istonliklar ham nishonladi.
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi. Unda ikki tomonlama munosabatlar haqida so‘z borgan.
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Xitoyning «Ukraina inqirozi»ni hal qilish bo‘yicha «tinchlik rejasi»ga munosabat bildirdi. Avvalroq Rossiya tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Zelenskiy taklifda «tinchlik rejasi»ni ko‘rmagan, Bayden esa buni faqat Rossiya uchun manfaatli deb hisoblaydi.
«O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK mansabdorlari 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ular o‘zlariga tanish firmalar bilan 9 mlrd so‘mlik shartnoma tuzib, yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni qimmat narxlarda xarid qilgan.
Bolgariyada 74-bor «Kichik jahon chempionati» nomini olgan «Stranja» turniri o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza olib, umumjamoa hisobida yana 1-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili ular turnirni 7 ta medal bilan yakunlagandi.
O‘zbekiston Transport vazirligi Polsha Belarus bilan chegaradagi nazorat punktini vaqtincha yopgani uchun milliy tashuvchilardan Yevropaga yuk tashuvlari jarayonida ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi. Hozirda Litva orqali to‘siqlarsiz harakatlanishni ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Tijorat banklari 27 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.
Kegeyli tumanidagi qator maktablarda o‘quvchilarga iste’molga yaroqsiz, zararkunandalar bilan zararlangan oziq-ovqat berilgani, ular yo‘lovchi transportida yetkazib berilgani aniqlandi. Aybdorlarga chora ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
AQSh, YeI va boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. IT-kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar ham cheklovlar ostida qoldi. Jumladan, MegaFonga nisbatan eksport cheklovlari joriy etildi. U sanksiyalardan uch kun oldin O‘zbekistondagi qo‘shma korxona ta’sischilari safidan chiqqan edi.
To‘rtko‘l tumanida kanal toshishi oqibatida uylar va ekin maydonini suv bosgani aytilgandi. Holat bo‘yicha tuman irrigatsiya bo‘limi va irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi. Avvalroq voqeaga kemiruvchilar sababchiligi taxmin qilingandi.
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, zilzilalar munosabati bilan yana bir bor dalda so‘zlarini izhor etdi va zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. Turkiya yetakchisi ham O‘zbekistonga chuqur minnatdorlik bildirdi.
«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».
Xonanda Kaniza Ahmedova «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum qilindi. Uning aytishicha, tanqidlarga sabab bo‘lgan videoda qo‘shiqchi «ishtonsiz» bo‘lmagan, balki odamning teri rangidagi shim kiygan. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qilib, madaniyat vazirining «saroyiga» tashrif buyurishini aytgan.
AQSh harbiylari Iroqqa bostirib kirib, Saddam Husayn tuzumini ag‘darganiga 2023 yil martida 20 yil to‘ladi. Iroqlik jurnalistning xotirlashicha, ozodlik havosi bir soatgina esgan, xolos. Chunki “hech qanday reja mazkur noqonuniy bosqinni “ozodlikka olib chiqish"ga aylantira olmasdi”.
Turkiya hukumati zilzilalar oqibatida binolarning qulashiga aloqador pudratchilar, ish boshqaruvchilar va boshqalardan iborat 612 nafar kishiga nisbatan tergov boshladi. Vayron bo‘lgan binolarning ko‘pchiligi sifatsiz materiallar va usullardan foydalangan holda qurilgani aytilmoqda.
Tarmoqlarda 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar OTMga imtihonlarsiz qabul qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim vazirligi bunday tartib yo‘qligini, ish tajribasi bor ayollar ham imtihon topshirishi va ularga 500 ta bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi kvota ajratilishini bildirdi.
24 fevraldan Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatovning vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Raxmonov zimmasiga yuklatildi. Bunga hokimning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting