Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat o‘z pozitsiyasini taqdim qildi. Unda «sovuq urush haqidagi fikrlardan voz kechish» va barcha mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish, shuningdek, yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etilgan.
25 fevral kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbaga borib quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu kunlarda tog‘li joylarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Nukus shahrida ko‘p qavatli uyning liftida qamalib qolgan 1997 yil tug‘ilgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi.
23 fevral kuni Tojikistonda bir nechta zilzila sodir bo‘lgandi. Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi zilzila oqibatida Sarez ko‘liga zarar yetmaganini ma’lum qildi. Ko‘lda suv toshqini xavfi yuzaga kelishi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga ham jiddiy xavf tug‘diradi.
Samarqand viloyatida fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish uchun 40 ming AQSh dollari talab qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 10 ming AQSh dollarni fuqarodan olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident qarori bilan davlat budjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilarining daromad solig‘i qaytarib beriladi. Ushbu tartib 1 apreldan tajriba tariqasida joriy etiladi.
Samarqand shahrida 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlangani aytilmoqda. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
24 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryoga jo‘nab ketdi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken qator mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilish uchun kelasi hafta O‘zbekistonga keladi. Shuningdek, u mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida qatnashadi.
BMT Bosh assambleyasi Ukrainada imkon qadar tezroq tinchlikka erishish, jumladan, Rossiya qo‘shinlarini bu hududdan zudlik bilan olib chiqib ketish zarurligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston ovoz berishda 32 ta davlat orasida betaraf qoldi.
Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanaliga Cobalt avtomashinasi tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Mashina FVBning bir guruh qutqaruvchilari yordamida chiqarib olindi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi. Ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi va u mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Qozog‘istonda vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishining halok bo‘lgani, Moldovaning MDH doirasida o‘nlab bitimlardan chiqayotgani, AQShda qotillikni yoritishga borgan jurnalistning o‘q yeb halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezilgan zilzila, yana havo sovishi, homilador ayolini o‘ldirgan toshkentlik erkak, Farg‘ona hayvonot bog‘ida nobud bo‘lgan jirafa, O‘zbekistonning qo‘llovi juda muhimligini aytgan Ukraina elchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
«Xizmatchisi savodsizlik maktabida o‘qiyotgan biri kishini traktorist „savodsiz!“ desa alam qilmaydimi? — dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, — „labingdan bo‘lsa olsam-ye, shakar lab“, deganim u kishiga yoqmapti, „bo‘lsa“ emas, „bo‘sa“ emish! O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman!»
Markaziy bankning nisbatan qattiq monetar siyosati hamda hukumatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati tashqi savdo defitsitining o‘sishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, budjet xarajatlarini qisqartirish tashqi savdo defitsitining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin.
Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko Rossiya bosqiniga bir yil to‘lishi arafasida «Gazeta.uz»ga intervyu berdi. Elchi Ukrainadagi hozirgi vaziyat, O‘zbekiston bilan munosabatlar holati, Ukraina tomoni hamkorlik istiqbollarini qanday ko‘rayotgani va O‘zbekiston tomonining yordami haqida gapirdi.
Shuxrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi sezildi (2 ball). Payshanba tongida ham O‘zbekistonning 10 dan ortiq hududida yer silkinishlari qayd etilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting