Quyuq tuman tufayli ko‘rishning yomonlashishi Namangan va Andijon aeroportlari faoliyatini cheklab qo‘ydi. Reyslar o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
«Yuksalish» harakati davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarni anomal sovuq kunlarda, agar xodimlarning ish joyida bo‘lishiga ehtiyoj bo‘lmasa, uydan ishlashiga ruxsat berishga, jamoat transportining uzluksiz harakatini ta’minlashga chaqirdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida o‘rtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etdi.
«Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mas’ullari «Dok-1 Maks» va «Amboronol» dorilarini tartib bo‘yicha laboratoriya sinovidan o‘tkazmagani aniqlandi. Oqibatda sifatsiz dori sotuvga chiqqan. Hozirda «Quramax Medisal» va ilmiy markazning jami 4 xodimi gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi.
Chilonzor tumanida mijoz talashgan makler hamkasbini noma’lum jism bilan jarohatladi. Oqibatda jabrlanuvchi qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Kegeyli tumanida Cobalt va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sabab haydovchilardan biri vafot etdi. Ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent shahar IIBB poytaxtda 252 dona «Fatzorb» dorisini sotayotganlarni ushladi. Ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan dori tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.
O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bo‘yicha jinoyat ishida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etmoqda. Oldin ham Qozog‘iston bosh prokuraturasi voqea sababli ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingani haqida xabar bergandi.
Tijorat banklari 6 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 220 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 345 so‘m.
Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.
Toshkentda 47 yoshli erkak jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish aybi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘tgan yilning yozida 6 yashar qizaloqqa tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi.
RF prezidenti Mudofaa vazirligiga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 gacha Ukrainadagi butun jangovar to‘qnashuvlar chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq Patriarx Kirill shunday murojaat bilan chiqqan edi.
Termizda sobiq «Yubileyniy» bozorining 9 nafar ishchisi yangi joyga ko‘chirishga qarshilik qilganlari uchun jarimaga tortildi, 4 kishi esa 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Avvalroq IIB xodimlari ayol kishini avtobusga majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi kelasi haftada kutilayotgan sovishi munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlari mumkin.
Talaba, o‘quvchi va bog‘cha bolalariga ta’til uzaytirilgani, Buxoroda o‘zini osib vafot etgan 2 ayol, kutilayotgan anomal sovuq havo, Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» dan zaharlangan 9 bola, Jizzahda koloniyadan qochgan 2 mahkum, qamoqdan chiqqan sobiq bosh prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Sovuq tushishi kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting