Payshanba kuni kechqurun Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston bo‘ylab 3−4 ballik kuchda sezildi.
O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.
McDonald’s brendi yetkazib berishdagi muammo sababli Qozog‘istonni tark etmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, McDonald’s Qozog‘istondagi franshiza egasiga kotlet uchun go‘shtni rossiyalik yetkazib beruvchidan olishni taqiqlagan. Mahalliy va yevropalik yetkazib beruvchilar bilan ishlash zararga uchratishi mumkin.
Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida «tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda» jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi.
Finance TCI «Kapitalbank»ning asosiy aksiyadoriga aylandi. Kompaniya bankning 50% ulushini sotib oldi va ustav kapitalidagi ulushini 61,54% gacha oshirdi. Uning hozirgi egasi Uzum guruhiga aloqador beshta korxonaga ham egalik qiladi.
«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi. Qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini ado etib kelgan ayolni kutib olishda uning qadami ostiga sholcha, kiyimlar to‘shalgani, yosh bolani ziyoratchi oyog‘i ostiga bostirilishi aks etgan video tarqaldi. Fatvo markazi bunday ishlardan qaytarib, buning riyokorlik va og‘ir gunoh ekanini bildirdi.
4 yanvar kuni Zafarobod tumanidagi 30-son manzil-koloniyasidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi. Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ularni qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilgan 2 yoshli bola vafot etgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi buni rad etib, shu paytgacha 9 nafar bola ushbu doridan zaharlanganini, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatdaligini ma’lum qildi.
Bo‘stonliq tumanida 61 yoshli Rossiya fuqarosi taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘ldi.
Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.
Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ga dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.
9 yanvardan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kela boshlaydi. 10−15 yanvar kunlari havo harorati kechalari −12…−17 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajacha, cho‘l hududlarda esa −25…−27 darajagacha pasayadi.
1 iyuldan Toshkent shahrida tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi. Poytaxtdagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxona kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlash uchun 30 mlrd so‘m beriladi. Navoiy viloyatida bu tizimni ishga tushurishni vazirlik o‘ziga majburiyat sifatida oldi.
2019-yilda 10 yilga qamalgan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. U tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora olish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda ayblangan.
Andijon viloyatida 17 yoshli bola to‘rt nafar sinfdoshi bilan Spark mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda ulardan biri tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
Tijorat banklari 5 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 200 — 11 290 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.
2022 yilda jamoatchilik Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov garderobidagi deyarli 2,5 mln somlik (qariyb $29,2 ming) yoki uning yillik daromadining 2,5 barobariga teng kiyimlariga e’tibor qaratdi. Misol uchun, o‘tgan yilning oktabrida prezident $15,3 minglik italyan kurtkasida ko‘rinish berdi.
Ishdan ketgan Toshkent bosh imom-xatibi, Sirdaryoda 7 bolaga nojo‘ya ta’sir qilgan «Dok-1 Maks», Putin bilan telefonda gaplashgan Mirziyoyev, 348 mln so‘mga sotilgan eng qimmat avtoraqam, shartnoma tuzishni vaqtincha to‘xtatgan UzAuto Motors, YTHda vafot etgan 4 kishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting