Arxiv

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi
5 yanvar 2023, 19:44

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi

Payshanba kuni kechqurun Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston bo‘ylab 3−4 ballik kuchda sezildi.

Ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirildi
5 yanvar 2023, 19:28

Ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.

McDonald’s Qozog‘istonni tark etmoqda
5 yanvar 2023, 18:46

McDonald’s Qozog‘istonni tark etmoqda

McDonald’s brendi yetkazib berishdagi muammo sababli Qozog‘istonni tark etmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, McDonald’s Qozog‘istondagi franshiza egasiga kotlet uchun go‘shtni rossiyalik yetkazib beruvchidan olishni taqiqlagan. Mahalliy va yevropalik yetkazib beruvchilar bilan ishlash zararga uchratishi mumkin.

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy qilinadi
5 yanvar 2023, 18:27

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy qilinadi

Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida «tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda» jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi.

Finance TCI «Kapitalbank» aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi
5 yanvar 2023, 17:22

Finance TCI «Kapitalbank» aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi

Finance TCI «Kapitalbank»ning asosiy aksiyadoriga aylandi. Kompaniya bankning 50% ulushini sotib oldi va ustav kapitalidagi ulushini 61,54% gacha oshirdi. Uning hozirgi egasi Uzum guruhiga aloqador beshta korxonaga ham egalik qiladi.

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan olingan bosh shifokor lavozimiga qaytishi mumkin
5 yanvar 2023, 17:09

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan olingan bosh shifokor lavozimiga qaytishi mumkin

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.

OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi
5 yanvar 2023, 16:14

OTMlarda kontrakt pullarini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi. Qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

«O‘ta johil va nodon kishilar ishi». Fatvo markazi — ziyoratchilarni dabdaba bilan kutib olish haqida
5 yanvar 2023, 15:57

«O‘ta johil va nodon kishilar ishi». Fatvo markazi — ziyoratchilarni dabdaba bilan kutib olish haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini ado etib kelgan ayolni kutib olishda uning qadami ostiga sholcha, kiyimlar to‘shalgani, yosh bolani ziyoratchi oyog‘i ostiga bostirilishi aks etgan video tarqaldi. Fatvo markazi bunday ishlardan qaytarib, buning riyokorlik va og‘ir gunoh ekanini bildirdi.

Jizzaxdagi koloniyadan ikki nafar mahkum qochib ketdi
5 yanvar 2023, 15:48

Jizzaxdagi koloniyadan ikki nafar mahkum qochib ketdi

4 yanvar kuni Zafarobod tumanidagi 30-son manzil-koloniyasidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi. Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ularni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 9 nafar bola «Dok-1 Maks» siropidan zaharlandi
5 yanvar 2023, 14:34

Toshkent viloyatida 9 nafar bola «Dok-1 Maks» siropidan zaharlandi

Tarmoqlarda Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilgan 2 yoshli bola vafot etgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi buni rad etib, shu paytgacha 9 nafar bola ushbu doridan zaharlanganini, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatdaligini ma’lum qildi.

Chimyonda Rossiya fuqarosi qor ostida qolib vafot etdi
5 yanvar 2023, 14:31

Chimyonda Rossiya fuqarosi qor ostida qolib vafot etdi

Bo‘stonliq tumanida 61 yoshli Rossiya fuqarosi taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘ldi.

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi
5 yanvar 2023, 12:28

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi

Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.

Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
5 yanvar 2023, 11:44

Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ga dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.

O‘zbekistonda kelasi hafta anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda
5 yanvar 2023, 11:35

O‘zbekistonda kelasi hafta anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda

9 yanvardan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kela boshlaydi. 10−15 yanvar kunlari havo harorati kechalari −12…−17 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajacha, cho‘l hududlarda esa −25…−27 darajagacha pasayadi.

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushadi
5 yanvar 2023, 10:38

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushadi

1 iyuldan Toshkent shahrida tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi. Poytaxtdagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxona kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlash uchun 30 mlrd so‘m beriladi. Navoiy viloyatida bu tizimni ishga tushurishni vazirlik o‘ziga majburiyat sifatida oldi.

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov qamoqdan ozod etildi
5 yanvar 2023, 10:32

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov qamoqdan ozod etildi

2019-yilda 10 yilga qamalgan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. U tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora olish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda ayblangan.

Andijonda YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi
5 yanvar 2023, 09:53

Andijonda YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi

Andijon viloyatida 17 yoshli bola to‘rt nafar sinfdoshi bilan Spark mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda ulardan biri tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi
5 yanvar 2023, 09:48

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi

Tijorat banklari 5 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 200 — 11 290 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.

OAV: Qirg‘iziston prezidentining garderobi narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar qimmatroq
4 yanvar 2023, 22:17

OAV: Qirg‘iziston prezidentining garderobi narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar qimmatroq

2022 yilda jamoatchilik Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov garderobidagi deyarli 2,5 mln somlik (qariyb $29,2 ming) yoki uning yillik daromadining 2,5 barobariga teng kiyimlariga e’tibor qaratdi. Misol uchun, o‘tgan yilning oktabrida prezident $15,3 minglik italyan kurtkasida ko‘rinish berdi.

4 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 yanvar 2023, 22:00

4 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ishdan ketgan Toshkent bosh imom-xatibi, Sirdaryoda 7 bolaga nojo‘ya ta’sir qilgan «Dok-1 Maks», Putin bilan telefonda gaplashgan Mirziyoyev, 348 mln so‘mga sotilgan eng qimmat avtoraqam, shartnoma tuzishni vaqtincha to‘xtatgan UzAuto Motors, YTHda vafot etgan 4 kishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting