Arxiv

Namangan va Andijon aeroportlari vaqtincha yopildi
6 yanvar 2023, 15:09

Namangan va Andijon aeroportlari vaqtincha yopildi

Quyuq tuman tufayli ko‘rishning yomonlashishi Namangan va Andijon aeroportlari faoliyatini cheklab qo‘ydi. Reyslar o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

«Yuksalish» harakati anomal sovuqda masofaviy ishlashga o‘tishga chaqirdi
6 yanvar 2023, 14:35

«Yuksalish» harakati anomal sovuqda masofaviy ishlashga o‘tishga chaqirdi

«Yuksalish» harakati davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarni anomal sovuq kunlarda, agar xodimlarning ish joyida bo‘lishiga ehtiyoj bo‘lmasa, uydan ishlashiga ruxsat berishga, jamoat transportining uzluksiz harakatini ta’minlashga chaqirdi.

O‘zbekistonda bemorlar shifoxonalarda o‘rtacha 6 kun davolanmoqda
6 yanvar 2023, 14:19

O‘zbekistonda bemorlar shifoxonalarda o‘rtacha 6 kun davolanmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida o‘rtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etdi.

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari belgilangan tartibda laboratoriya sinovidan o‘tmagan — DXX
6 yanvar 2023, 13:00

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari belgilangan tartibda laboratoriya sinovidan o‘tmagan — DXX

«Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mas’ullari «Dok-1 Maks» va «Amboronol» dorilarini tartib bo‘yicha laboratoriya sinovidan o‘tkazmagani aniqlandi. Oqibatda sifatsiz dori sotuvga chiqqan. Hozirda «Quramax Medisal» va ilmiy markazning jami 4 xodimi gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi.

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi
6 yanvar 2023, 12:10

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi

Chilonzor tumanida mijoz talashgan makler hamkasbini noma’lum jism bilan jarohatladi. Oqibatda jabrlanuvchi qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
6 yanvar 2023, 11:55

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Kegeyli tumanida Cobalt va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sabab haydovchilardan biri vafot etdi. Ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.

Poytaxt IIBB: «Fatzorb» ozdiruvchi dorisida kuchli ta’sir qiluvchi modda aniqlandi
6 yanvar 2023, 11:39

Poytaxt IIBB: «Fatzorb» ozdiruvchi dorisida kuchli ta’sir qiluvchi modda aniqlandi

Toshkent shahar IIBB poytaxtda 252 dona «Fatzorb» dorisini sotayotganlarni ushladi. Ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan dori tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.

Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi
6 yanvar 2023, 11:36

Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi

O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi
6 yanvar 2023, 10:32

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi

Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qozog‘iston bosh prokurori: yanvar voqealarida O‘zbekiston fuqarolari ham qatnashgan
6 yanvar 2023, 10:16

Qozog‘iston bosh prokurori: yanvar voqealarida O‘zbekiston fuqarolari ham qatnashgan

Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bo‘yicha jinoyat ishida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etmoqda. Oldin ham Qozog‘iston bosh prokuraturasi voqea sababli ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingani haqida xabar bergandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 345 so‘mgacha ko‘tarildi
6 yanvar 2023, 09:52

Banklarda dollarning sotish kursi 11 345 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 6 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 220 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 345 so‘m.

Andijonda ayiq zoopark xodimini tishlab o‘ldirdi
6 yanvar 2023, 09:37

Andijonda ayiq zoopark xodimini tishlab o‘ldirdi

Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi
6 yanvar 2023, 09:25

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.

Toshkentda 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi
6 yanvar 2023, 09:03

Toshkentda 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi

Toshkentda 47 yoshli erkak jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish aybi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘tgan yilning yozida 6 yashar qizaloqqa tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi.

Putin Rojdestvo bayrami munosabati bilan Ukrainadagi butun front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni buyurdi
5 yanvar 2023, 22:53

Putin Rojdestvo bayrami munosabati bilan Ukrainadagi butun front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni buyurdi

RF prezidenti Mudofaa vazirligiga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 gacha Ukrainadagi butun jangovar to‘qnashuvlar chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq Patriarx Kirill shunday murojaat bilan chiqqan edi.

Termizda ko‘chirishga qarshilik qilgan bozor ishchilari jarimaga tortildi, qamalganlar ham bor
5 yanvar 2023, 22:37

Termizda ko‘chirishga qarshilik qilgan bozor ishchilari jarimaga tortildi, qamalganlar ham bor

Termizda sobiq «Yubileyniy» bozorining 9 nafar ishchisi yangi joyga ko‘chirishga qarshilik qilganlari uchun jarimaga tortildi, 4 kishi esa 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Avvalroq IIB xodimlari ayol kishini avtobusga majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ayozli kunlarda energiya ta’minotidagi ehtimoliy uzilishlardan ogohlantirdi
5 yanvar 2023, 22:15

O‘zbekiston Energetika vazirligi ayozli kunlarda energiya ta’minotidagi ehtimoliy uzilishlardan ogohlantirdi

O‘zbekiston Energetika vazirligi kelasi haftada kutilayotgan sovishi munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlari mumkin.

5 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 yanvar 2023, 22:00

5 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Talaba, o‘quvchi va bog‘cha bolalariga ta’til uzaytirilgani, Buxoroda o‘zini osib vafot etgan 2 ayol, kutilayotgan anomal sovuq havo, Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» dan zaharlangan 9 bola, Jizzahda koloniyadan qochgan 2 mahkum, qamoqdan chiqqan sobiq bosh prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi
5 yanvar 2023, 21:47

O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi

Sovuq tushishi kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotir bildirdi
5 yanvar 2023, 20:24

O‘zbekiston Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting