Arxiv

Shavkat Mirziyoyev Sindzo Abe vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
8 iyul 2022, 16:49

Shavkat Mirziyoyev Sindzo Abe vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito va bosh vaziri Fumio Kisidaga mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafoti munosabati bilan hamdarlik bildirdi. Abega 8 iyul kuni Nara shahridagi chiqishi vaqtida suiqasd qilinib, keyinroq u shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda hayit kuni masjidga yetib olish uchun maxsus avtobuslar tashkil etiladi, ayrim yo‘llar yopiladi
8 iyul 2022, 16:06

Toshkentda hayit kuni masjidga yetib olish uchun maxsus avtobuslar tashkil etiladi, ayrim yo‘llar yopiladi

Shanba kuni poytaxtdagi 12 tumanda Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarga boruvchi maxsus avtobuslar harakatlanadi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar tashkil etiladi. Shuningdek, soat 00:00dan soat 07:00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi. Ro‘yxat.

SES Qurbon hayiti namozi vaqtida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi
8 iyul 2022, 16:05

SES Qurbon hayiti namozi vaqtida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi

SES Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarning sanitarik holatini va karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun mutaxassislar biriktirilishini ma’lum qildi. Masjidlar atrofida tashkil etiladigan oziq-ovqatlarning noqonuniy savdosi nazoratga olinadi.

Farg‘ona xalqaro aeroporti bojxona posti boshlig‘i qo‘lga olindi
8 iyul 2022, 15:51

Farg‘ona xalqaro aeroporti bojxona posti boshlig‘i qo‘lga olindi

Farg‘ona xalqaro aeroporti bojxona posti boshlig‘i qo‘lga olindi. U xorijdan olib kelingan tovarlarni noqonuniy tarzda bojxona nazoratidan o‘tkazish bilan shug‘ullanganlikda gumonlanmoqda.

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafot etdi
8 iyul 2022, 14:17

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafot etdi

Juma kuni Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe 67 yoshida vafot etdi. U Nara shahridagi nutqi chog‘ida uyushtirilgan suiqasd oqibatida og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.

Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi
8 iyul 2022, 13:57

Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Bayram kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot berildi
8 iyul 2022, 12:45

Bayram kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot berildi

Qurbon hayiti kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat foni qulay bo‘ladi: 9 iyul kunduzi +30…+35 daraja, 10−12 iyulda +32…+37 daraja atrofida.

Dauletmurat Tajimuratov ayblanuvchi, Lolagul Qallixanova gumonlanuvchi sifatida jalb etildi
8 iyul 2022, 12:31

Dauletmurat Tajimuratov ayblanuvchi, Lolagul Qallixanova gumonlanuvchi sifatida jalb etildi

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha 14 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Advokat va jurnalist Dauletmurat Tajimuratovga ayblov e’lon qilindi, jurnalist Lolagul Qallixanova gumonlanuvchi sifatida jalb qilindi.

Agrar islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi tahdidlar
8 iyul 2022, 12:04

Agrar islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi tahdidlar

Umida Haqnazar, Yuliy Yusupov va Ilhom Azizov agrar islohotlar sohasidagi muammolarni tahlil qilishdi. Ekspertlar Konstitutsiyaning 55-moddasiga taklif etilgan qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lishi haqidagi o‘zgartirishdan voz kechish kerakligini ta’kidlamoqda.

«Kichik deb qaralgan masala katta muammoga aylanadi» — Tanzila Narbayeva
8 iyul 2022, 11:10

«Kichik deb qaralgan masala katta muammoga aylanadi» — Tanzila Narbayeva

Qoraqalpog‘istondagi fojeali voqealar barcha muammolar xalq bilan muloqotda, o‘z vaqtida hal etilishi zarurligini ko‘rsatdi, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva. U bunday holatlarning oldini olishda xalq vakillari mas’ul ekanini va ularning ishini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega suiqasd qilindi
8 iyul 2022, 10:06

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega suiqasd qilindi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega Nara shahridagi nutqi chog‘ida suiqasd qilindi. U ko‘krak qafasiga otilgan o‘qlardan keyin og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Buni qilganlikda gumonlanayotgan shaharning 41 yoshli fuqarosi politsiya tomonidan hibsga olindi.

7 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 iyul 2022, 23:38

7 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zini o‘zi band qilgan taksistlar, mashinani boshqarishga onlayn ishonchnoma, YUNESKO qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston, Hayitda 04:00dan ishlaydigan metro, 7 kunga yopiladigan 7-metro bekati, Nukusdagi namoyishchilarni tarqatish vositalari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 5 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Nukusdagi tibbiyot markazidan «Gazeta.uz» reportaji
7 iyul 2022, 23:31

Nukusdagi tibbiyot markazidan «Gazeta.uz» reportaji

Nukus voqealarida jabrlanganlar orasida o‘qotar quroldan yaralanganlar ham bor. Kuch tuzilmalari jangovar o‘q-dorilardan foydalanilganini rad etmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri Shoshilinch yordam markazida yaradorlar bilan suhbatlashdi. Harbiylar ham qanday yaralangani haqida so‘zlab berdi.

Yanvar-iyun oylarida «Tez yordam» xizmatiga 6,2 mln chaqiriq bo‘ldi — SSV
7 iyul 2022, 19:52

Yanvar-iyun oylarida «Tez yordam» xizmatiga 6,2 mln chaqiriq bo‘ldi — SSV

6 oy ichida respublikada «Tez yordam» xizmatiga 6,2 mln dan ziyod chaqiriq kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Toshkentdan. O‘tgan yilning shu davrida «103»ga murojaat qilganlar hozirgidan 433,9 mingtaga kam bo‘lgan.

“TBRG Open`22” da O‘zbekiston nomidan Shokhrullo Abdullayev tanlab olindi va unga Jeyson Derulo ustozlik qildi
7 iyul 2022, 19:00

“TBRG Open`22” da O‘zbekiston nomidan Shokhrullo Abdullayev tanlab olindi va unga Jeyson Derulo ustozlik qildi

“TBRG Open” xalqaro loyihasining O‘zbekistondan qatnashuvchi vakil nomini e’lon qildi. Los-Andjelesda Jeyson Deruloning mentorligidan o‘tishning imkoniyatiga yosh ijrochi, o‘zbekistonlik san’atkor Shokhrullo Abdullayev ega bo‘ldi.

1 sentabrdan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma onlayn rasmiylashtiriladi
7 iyul 2022, 17:57 7

1 sentabrdan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma onlayn rasmiylashtiriladi

1 sentabrdan boshlab avtotransportni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtiriladi va uni notariusdan tasdiqlash talab etilmaydi. Bir oylik ishonchnoma uchun to‘lov 90 ming so‘m, uch yillik uchun esa 900 ming so‘mni tashkil qiladi.

Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi
7 iyul 2022, 17:43

Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi

1 sentabrdan 2025 yilga qadar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida qaraladi va ularning faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab esa bekor qilinadi.

Yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malakasini oshirish talabi bekor qilindi
7 iyul 2022, 17:35

Yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malakasini oshirish talabi bekor qilindi

Prezident qarori bilan ikki yilda bir marta yuridik shaxslar haydovchilarining majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi. Qolaversa, endi fuqaro o‘z mashinasini taksichilik uchun yuridik shaxsga ijaraga berganda notarial tasdiqlashi shart bo‘lmaydi.

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi
7 iyul 2022, 17:21

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

Hukumat qarori bilan hakamlarga malaka toifalari Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali taqdim etilishi belgilandi. Hakam arizaga ish joyi bergan taqdimnomani ilova qilishi lozim, xizmat narxi 300 ming so‘mni tashkil etadi.

Boris Jonson partiya yetakchiligidan ketadi, ammo kuzgacha Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lib qoladi
7 iyul 2022, 17:11

Boris Jonson partiya yetakchiligidan ketadi, ammo kuzgacha Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lib qoladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Konservativlar partiyasi rahbari lavozimini tark etishini ma’lum qildi. U kuzgacha hukumatni boshqaradi. Boris Jonsonning ketishi hukumat va a’zolari tomonidan misli ko‘rilmagan bosim natijasi bo‘ldi, deb yozadi BBC.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting